Email va PM

Email va PM

Email va PM

Emaildan foydalanish juda qulay narsa. Sizga katta hajmda maʼlumot yuborsa boʻladi, kimdan qachon kelganini nazorat qilsa boʻladi. Agar odamlarimiz Telegramdan emailga oʻtib ketishsa ham hursand boʻlaman.

Bitta kichkina farq, sizga kimdur xabar yozsa, sizdan oʻchira olmaydi! Bilamiz Telegramda kimdur manga xabar qoldirsa, xohlagancha uni oʻzgartira oladi va oʻchira oladi. Bu esa avval qilingan kelishuvga taʼsir qilishi mumkin.

Emailda buning imkoni yoʻq. Aytilgan soʻz — otilgan oʻq. Yuborilgan email ham shunday.

Lekin bugun mavzu boshqa narsa haqida.

Dastur ishlab chiqishda muhim narsalardan biri bu hujjatlashtirish. Har qanday muloqot hujjatga kiritilishi talab etilishi mumkin. Ayniqsa mijoz bilan gaplashganda.

Shunday misollardan 2 tasini aytib oʻtmoqchiman.

1. Mijoz bilan email orqali talablarni muhokama qilish vaqtida email sarlavhasiga loyiha nomini qoʻyib qoʻying. Masalan, siz Telegram bot yasab bermoqchisiz. Elektron xat sarlavhasiga [TB] qoʻshib qoʻysangiz, izlashda oson boʻladi. Sizga yuzlab kelgan xatlar orasidan faqat shu loyihaga tegishli qismini ajrata olasiz.

Agar sizda loyiha kattaroq boʻlsa, uning boʻlimini ham bera olasiz. Masalan, [TB.Design] bilan siz Telegram bot loyihasining dizayni masalalarini muhokama qila olasiz.

Izlashda esa

[TB — sizga shu loyihadagi barcha soʻzlashuvlarni;

[TB.Design — esa bu loyihaga tegishli faqat dizaynga tagʻluqli xabarlarni beradi.

Shuncha vaqt email ishlatib bu tajribadan juda kam foydalanganman. Odatda qavslar [] ni qoʻymas edim.

2. Emailda CC boʻlimi bor. Har bir loyiha uchun alohida email ochib (email group) uni doim CC boʻlimiga yozib borsangiz. Loyihada ishtirok etayotgan barchaga bu xabarni yetkaza olasiz. Va eng qizzigʻi faqat shu loyihada ishtirok etayotganlarga.

Xohlagan vaqt guruhga odam qoʻshish va chiqarish orqali unga eski email xabarlarni koʻrinadigan qila olasiz.

Masalan, tb-design@yordam.uz bu guruh email manzili. Shunga xat yuborsam, loyiha ichtirokchilarining barchasiga xat yetib boradi.

Hech boʻlmasa, talablarni shu emailda saqlagan boʻlaman. Asosiy email manzilimda barcha xatlar, hatto spam xabarlar, boʻladi. tb-design@yordam.uz da esa faqat loyihaga tegishli dizayn talablari.

Shunaqa, har kun yangi ilmni bilimga aylantiramiz.

Boshqalar
Email va PM