ELOKOM mazi to’liq malumot oling
Elokom maz
#Элоком маз
?Dori shakli : maz ( surtma)
?Tarkibi : mometazon furoat
?Ta’sir qilishiga ko’ra ?
Yallig’lanishga qarshi , qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi vosita hisoblanadi.
?QO’LLANILISHI ?
— Teri sirtidagi mahalliy yallig’lanish kabi holatlarda
— Terining qichishish xolatlarida
— Psoriaz kabi teri kasalligida
— Dermatitda qo’llaniladi
— Dermatoz kabi teri kasalligida kuzatiladigan teri qichishishida va yalliglanish holatlarida
— Atopik dermatitda qo’llaniladi
?QO’LLASH USULI ?
Preparatni kuniga 1 mahal terining shikastlangan sohasiga yupqa qilib suriladi.
Qo’llashdan oldin teri quruq bo’lishi kerak.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Dermatit
— So’rilish joyida mahalliy og’riq
— Husnbuzar toshmalar
— Achishish
— Terini ta’sirlanishi
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda
— Jinsiy a’zolar va ular yaqinidagi teri sohasining qichishishida mumkin emas
— Gerpes virusi chaqirgan yaralarda
— Sifilis kabi teri kasalligida vs vaksinadan keyingi holatlarda qo’llash mumkin emas
— Suvchechak va o’rab oluvchi temiratki kabi teri kasalligida
— Virus ,zamburug’, va bakteriyalar chaqirgan yara kasalligida mumkin emas.
— Ko’zga , qovoq sohasiga yaqin joydagi teri sohasiga qo’llash mumkinmas
?ADMIN MASLAHATI ?
▶Preparatni homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan qo’llang.
▶2 yoshdan kichik bolalarga qo»llash mumkin emas.
——————————————————-
ELOKOM MAZI ANALOGLARI ?
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Belgiya
@Farmakologiya_TTA
,,ТАБЛЕТКА » kanali
Dorixona
ELOKOM mazi