ELIAVA Shalva Zurabovich
ELIAVA Shalva Zurabovich (1883.15.9, Kutaisi gubernyasining Taniri qishlogʻi — 1937.3.12, Moskva) — Turkistonda bolshevikcha rejimni oʻrnatgan siyosatchilardan. Peterburg un-ti yuridik ftida oʻqigan (1903—09). Talabalik paytidan bolsheviklarta qoʻshilgan. Vologda gubernyasi ijroiya komiteti raisi va oziq-ovqat komissari, rais oʻrinbosari (1917—18). RSFSR XKSning Turkiston ishlari boʻyicha Alohida muvaqqat komissiyasi raisi (1919 yil fev. — oktyabr), Turkiston fronti Inqilobiy harbiy kengashi aʼzosi (1919-yil avg. — 1920-yil sentyabr), Butun Rossiya MIK va RSFSR XKS Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) ning birinchi raisi (1919-yil noyab. — 1920-yil avg.), RKP (b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro) aʼzosi (1920-yil avg.). E. Turkistonda sovet rejimini zoʻravonlik bilan qaror toptirish uchun istiqlolchilarga qarshi kurashda mashʼum nom qozongan.
Ensiklopediya.uz
ELIAVA Shalva Zurabovich