ELEVIT tabletkasi
Elevit #Элевит ?Dori shakli : tabletka ?Tarkibi : ? Vitamin A , B1, B2, B5, B 6, B 9, B 12 , vitamin H va PP , vitamin E , vitamin D va C kabi vitaminlarni o’zida saqlaydi. Kalsiy , magniy, sink ( ruh ) , marganets, fosfor , temir va mis kabi elementlarni ham o’z tarkibida saqlaydi. ?TA’SIRIGA KO’RA ? Polivitamin + mineral moddalarga boy ta’sirga ega. ?QO’LLANILISHI ? — Homiladorlik davrida vitamin yetishmovchiligida va va mineral moddalar yetishmovchiligida qabul qilinadi — Tinchlantiruvchi ta’sirga ega — Homiladorlik davrida immunitetni juda yaxshi ko’taruvchi vosita — Ishtahani oshiradi — Homiladorlikdan oldin , homiladorlik davri va homiladorlikdan keyingi davrda qabul qilish mumkin. — Emizish davrida qabul qilish mumkin. — Suyak sistemasining normal shakllanishi va mustahkamligini ta’minlaydi. — Homiladorlikda uyquni yaxshilaydi. ?QO’LLASH USULI ? Homilador bo’lishdan oldin , homiladorlik davrida va homiladorlikdan keyingi davrda kuniga 1 tabletka ovqat vaqti qabul qilinadi. ?NOJO»YA TA’SIRI ? — Teri toshmalari — Qorinda og’riq — Ko’ngil aynish , qusish ?QO’LLASH MUMKINMAS ? — Preparatga allergik reaksiya bo’lganda — Organizmda elevit tarkibida bor vitaminlar ortiqcha bo’lganda mumkinmas — Temir moddasi almashinuvi organizmda buzilganda — Buyrak va jigar kasalligining og’ir formalarida va og’ir buyrak va jigar kasalliklarida. ?ADMIN MASLAHATI ? ?Siydik yo’llarida va buyrakda tuz va tosh bor xolatlarda shifokor bilan maslahatlashib qabul qiling ( ehtiyotkorlik talab qilinadi ). ?Elevit tarkibida ko’p moddalar bor va ular hammasi yaxshi ta»sirga ega. ?Elevitni dorixonada homiladorlik davrida , homiladorlikning birinchi 3 oyligi ichida qabul qilinuvchi , homiladorlikning ikkinchi 3 oyligida va homiladorlikning uchinchi 3 oyligida qabul qilinuvchi va homiladorlikdan keyingi , ya’ni emizish davrida qabul qilinadigan ko’rinishlarda sotiladi. Shu sabab elevitni qabul qilishdan oldin farmatsevtdan , ya’ni dorixona sotuvchisidan homiladorlik davrini aytib dorini xarid qilganingiz ma’qul. ?Qo’llash — retseptsiz ?Ishlab chiqaruvchi — GermaniyaELEVIT tabletkasi
DO`STLARGA ULASHING:
ELEVIT tabletkasi