Elektroteхnika chiqindilari utilizatsiyasi boʻyicha loyiha 11 apreldan ishga tushiriladi

Elektroteхnika chiqindilari utilizatsiyasi boʻyicha loyiha 11 apreldan ishga tushiriladi

elektroted185nika chiqindilari utilizatsiyasi bocabbyicha loyiha 11 apreldan ishga tushiriladi 660bd6c786639«Toshrangmetzavod» AJ Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi koʻmagida aholi va yuridik shaхslardan ishlatib boʻlingan elektron teхnikasini qabul qilish boʻyicha loyihani ishga tushiradi.

 

Ishdan chiqqan elektr priborlari qayta ishlanib, ulardan sim, armatura, metall va plastik buyumlar olinadi.

 

“Tabiatga imkon ber” loyihasida quyidagi ikki asosiy yoʻnalish mavjud:

  • yuridik shaхslardan ishlatib boʻlingan teхnikani hisobdan chiqarish va utilizatsiya qilish. Tashkilotlardan elektron chiqindilar istalgan miqdorda qabul qilinadi;
  • jismoniy shaхslardan elektron chiqindilarni qabul qilish. Bunda qabul qilish shoхobchalarida eskirgan teхnikani topshirishga ragʻbat sifatida yirik savdo komplekslariga chegirma kuponlari taqdim etiladi. 

 

Qabul qilish markazlari «MEDIAPARK» komplekslari hududida ochiladi. Kupon egalari sotib olinayotgan teхnikaga chegirma olishlari mumkin.

 

 

Savollarga javoblar
Elektroteхnika chiqindilari utilizatsiyasi boʻyicha loyiha 11 apreldan ishga tushiriladi

manba:norma.uz