Elektron kitoblardan foydalanish mumkin bo‘lgan manbalar jamlanmasi
Bu kitob bir zumda New York Times bestsellerlari ro‘yxatidan joy oldi. Kitob jurnalistlar bilan muloqotda uyatchanligi bilan mashhur Nike kompaniyasi asoschisining hayoti, shu bilan birga, qanday qilib uning kompaniyasi oddiy startapdan eng inqilobiy va serdaromad brendlardan biriga aylangani haqida ma’lumot olishdek noyob imkonni beradi.
Eng badavlat milliarderlar tavsiya qiluvchi 9 kitob
Microsoft hammuassislaridan biri Bill Geyts yiliga 50 kitob mutolaa qiladi. Milliarder Mark Kuban kuniga uch soatdan kitob o‘qiydi. Facebook asoschisi Mark Tsukerberg har yili 24 kitob o‘qish qarori haqida ma’lum qilgan, sarmoyachi Uorren Baffet esa 80 foiz vaqtini kitob o‘qishga sarflaydi. BookAuthority tavsiyalar servisi Geyts, Brenson, Baffet, Mask, Bezos, Tsukerberg, Kuk kabi ko‘plab yetakchi ishbilarmonlarning sevimli kitoblari haqida ma’lumot berdi.
Microsoft asoschilaridan biri Bill Geyts tavsiyasi
Foto: Getty Images
1. “Poyabzal sotuvchisi. NIKE kompaniyasining tarixi uning asoschisi tilidan”, Fil Nayt
Bu kitob bir zumda New York Times bestsellerlari ro‘yxatidan joy oldi. Kitob jurnalistlar bilan muloqotda uyatchanligi bilan mashhur Nike kompaniyasi asoschisining hayoti, shu bilan birga, qanday qilib uning kompaniyasi oddiy startapdan eng inqilobiy va serdaromad brendlardan biriga aylangani haqida ma’lumot olishdek noyob imkonni beradi.
2. “Stress-test: Moliyaviy inqirozga oid xotiralar”, Timoti Gaytner
Dastlab Nyu-York Federal zaxira banki prezidenti, keyin esa Barak Obama ma’muriyatida moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan Gaytner o‘quvchilar oldida Buyuk depressiya paytlaridan beri eng yomon moliyaviy inqirozning “sahna ortidagi” voqealarini ochib beradi. Shu bilan birga moliyaviy tizimni tiklash va iqtisodiyot tanazzuliga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘zi qabul qilishga majbur bo‘lgan yoqimsiz qarorlarni izohlaydi.
3. “Kuchli yetakchi haqida afsona: Zamonaviy dunyoda siyosiy yetakchilik”, Archi Braun
Yetakchi siyosiy tarixchilardan birining kitobi – parlament demokratiyasi paydo bo‘lgan davrdan boshlab to Obama davriga qadar butun dunyo siyosiy yetakchilik institutining haqiqiy tadqiqoti.
Jyeff Bezos tavsiyasi, Amazon.com internet-kompaniyasi asoschisi va rahbari
Foto: Getty Images
1. “Innovator dilemmasi: Qanday qilib yangi texnologiyalar tufayli kuchli kompaniyalar barbod bo‘lmoqda”, Kleyton M. Kristensen
Amazon tahririyat jamoasi “Innovator dilemmasi” kitobini “Muvaffaqiyat va yetakchilik haqida hech bo‘lmaganda bir marta o‘qish kerak bo‘lgan 100 kitob” ro‘yxatiga kiritgan. Stiv Jobsdan to Malkolm Gladuellgacha o‘z nutqlarida Kristensenning so‘zlarini ko‘p marta misol sifatida keltirishgan.
2. “Amerikada yaratilgan: Qanday qilib WAL-MART’ga asos soldim?”, Sem Uolton
Muallif — Wal-Mart’ni dunyodagi eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biriga aylantirgan XX asr oxirlaridagi eng daho sotuvchilardan biri “Amerika orzusi”ni amalga oshirishda nimadan ilhomlanishi, ishonch va ijobiy fikrlash haqida so‘z yuritadi.
3. “Ma’lumotlarga asoslangan marketing. Har bir inson bilishi kerak bo‘lgan 15 ko‘rsatkich”, Mark Jyeffri
Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan 2011 yilning eng yaxshi marketingga oid kitobi deya tan olingan. Jyeffri marketing samarasini sezilarli ravishda oshirish uchun ma’lumotlarga asoslangan qat’iy strategik yondashuvdan foydalanishga doir aniq va ishonchli qo‘llanmani taklif etadi.
Uorren Baffet tavsiyasi, sarmoyachi
Foto: Getty Images
1. “Eng yaxshi CEO’lar qoidalari. Muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalarning 8 rahbari faoliyati tarixi va tamoyillari”, Uilyam Torndayk
Ushbu kitob Baffetning tavsiyalari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallaydi. Unda 8 nafar yetakchining korporativ boshqaruvga yondashuvini keskin o‘zgartirgan misli ko‘rilmagan muvaffaqiyati haqida so‘z yuritiladi. Ularning qaysi birinidir ismidan tanimasligingiz mumkin, biroq kompaniyalarini bilsangiz kerak: General Cinema, Ralston Purina, The Washington Post Company, Berkshire Hathaway, General Dynamics, Broadcasting Capital Cities, TCI va Teledyne.
2. “Eng muhimi haqida. Fikrlovchi sarmoyachi uchun notrivial saboqlar”, Hovard Marks, Pol Jonson
Oaktree Capital Management hammuassisi va raisi Hovard Marks bozor imkoniyatlari va tavakkal borasida o‘zining sinchkov baholari bilan tanilgan. Uning kitobidan 40 yil davomida sarmoyalarni boshqarish cho‘qqisiga ko‘tarilish natijalari o‘rin olgan. U birinchi marta keng o‘quvchilar doirasida o‘z falsafasini havola qilgan.
3. “Katta o‘yla”, Kristian Korrea
Xorxe Paulo Lemann, Marsel Telles va Beto Sikupira 40 yildan ortiq vaqt davomida Braziliya kapitalizmi tarixidagi eng katta imperiyani barpo etib, jahon sahnida olamshumul muvaffaqiyatga erishishgan. Baffetni ayniqsa uning sherigi Lemannning tarixi jalb qiladi. Investor uni dunyoning eng yaxshi ishbilarmonlaridan biri deya e’tirof etadi: “U fantastik shaxs va uning tarixi barchaga ilhom baxsh etishi kerak, xuddi meni ilhomlantirgani kabi”.
Elektron kitoblardan foydalanish mumkin bo‘lgan manbalar jamlanmasi
talabalar va o‘quvchilar uchun foydali bo‘ladigan kitobga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin. bu yerda bepul yuklab olish mumkin bo‘lgan kitoblar, iqtisod va tahlilga oid jurnal va badiiy adabiyotlar joylashtirilgan kanallarni topishingiz mumkin.
Xushnudbek.uz hozirgi sharoitni hisobga olib talabalar va o‘quvchilar uchun foydali bo‘ladigan kitobga oid manbalarni yig‘ib chiqdi.
Kitoblarni bepul yuklab, o‘qish bo‘lgan saytlar:
Kitoblarni (qog‘ozli kitob) onlayn xarid qilish mumkin bo‘lgan saytlar:
Android uchun ilovalar:
Facebook’dagi katta guruh – “Kitobxonlar davrasi”
Audiokitoblar kanali:
- @audiokitob_ulashamiz
- @audiokitoblaruz
- @mtrkaudiokitoblar
- @abookuz
- @najotnuruz
- @audio_kitoblar_sifatli
Kitobga oid boshqa foydali kanallar:
- @AsanovEldar
- @maksudkhon
- @mutolaa_sehri
- @kitaabun
- @badiiyiqtibos
- @kitoblarim_N1
- @hikoyalar_sarasi
- @Kitob_dostavka
- @Navoiyshunoslik
- @kitobxarid
Iqtisodga va tahlilga oid “Ekonomicheskoye obozreniye” jurnalining raqamli formati:
- Elektron kitoblar
- Telegram kanallar
Eng katta elektron kutubxona
Hozirda elektron kutubxonalar tez surʼatlar bilan rivojlanib bormoqda. Biz ularning ayrimlaridan xabardormiz. “The Google Books” eng yirik elektron kutubxona sanaladi. U Google tomonidan yaratilgan. Bu yerda bir yuz oʻttiz milliondan ortiq kitob raqamlashtirilgan boʻlib, ular 480 tilga tarjima qilingan. Bu raqamlar dunyo boʻyicha yozilgan kitoblarning 20 foizi raqamlashtirilganidan va ularning barchasi elektron kutubxonaga joylashtirilganidan dalolat beradi.
Google dunyodagi barcha kitoblar raqamlashtirilmaguncha bu boradagi faoliyatini davom ettirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.
X. HUSENOVA
saviya.uz ni Telegram’da ham kuzatib boring!
- MAVZULAR:
- Kitobxonlik
- Qiziqarli maʼlumotlar
- Xurshida Husenova
Oldingi sahifa Qadimiy kutubxona
Keyingi sahifa Eng nodir kitoblar saqlanadigan yirik kutubxonalar
20 Mulohaza
- Soliha 16.07.2019 21:40
Kollej litse kitoblari kk edi
- Bosh muharrir 22.07.2019 09:23
Assalomu alaykum.
Afsus, bizda bunday kitoblar yoʻq. http://www.ziyouz.com kutubxonasidan izlab koʻring.
Judas yaxshi ekan
Qoraqalpog’cha kitoblar topiladimi??
Maksim gorkiyning ona asari uzbekcada topiladimi
- Bosh muharrir 08.12.2019 12:16
Assalom alaykum menga P.Xabibiullayev, E.Nazirov, D.Nazirov va Sh. Otajonovlar muallifligi ostida chiqqan “Fizika izoxli lugʻati” kitobini topishimda qanday yordam bera olasiz. Oldindan raxmat
- Bosh muharrir 23.06.2020 18:41
Va alaykum assalom! Uzr, bizda bunday kitob yoʻq edi. Ziyouz.uz kutubxonasidan qidirib koʻring.
Tushunishimcha bu o’zbek tilidagi kitoblar bo’yicha elektron kutubxona. Agar shunday bo’lsa, mualliflar o’z kitoblarini bu saytga qanday qilib joylashtirishlari mumkin?
- Bosh muharrir 04.07.2020 10:59
Saytga materiallar sayt maʼmuriyati tashabbusi bilan kiritiladi.
Assalomu alaykum Mark Mensonning Beparvolikning nozik san’ati kitobi bormi
Eljernonga atalgan gullar elektron varianti bormi?
- Bosh muharrir 29.10.2020 11:16
As Salaamu Aleikum va rahmatullohi va barokatuh.Sizlarda Islom degan qizlar nomli kitobni elektron yoki kitob varianti bormi
- Bosh muharrir 05.02.2021 12:05
Va alaykum assalom!
Bunday kitob yoʻq edi, uzr.
guzal81handmade@gmail.com
Bulatovning “Oʻzbek xalq amaliy sanʼati” elektron varianti bormi
- Bosh muharrir 24.07.2021 15:46
Qiziqarli malumotlar
Elektron kitoblardan foydalanish mumkin bo‘lgan manbalar jamlanmasi