Elektron darsliklar haqida tushuncha

Elektron darsliklar haqida tushuncha

Ta’lim oluvchilarning bevosita elektron darsliklar yaratish fanidan o’quv

E`tibor qarating!

Ushbu sahifada keltirilgan ma`lumot 2018-2019 o`quv yili qabuliga oid.
Joriy o`quv yiliga oid ma`lumotlar bilan Qabul 2019 sahifasidagi tegishli sahifada tanishishingiz mumkin.

Dastur Toshkent Davlat pedagogika universiteti o’quv-uslubiy kengashida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan. 2015-yil 14-maydagi 10-sonli majlis bayoni.

Matematika fanidan magistraturaga kirish sinovlari

Matematik analiz:

Haqiqiy sonlar to`plami. Funksiya va uning berilish usullari. Sonli ketma-ketlik va uning limiti. Funksiyaning limiti, uzluksizligi. Kesmada uzluksiz bo`lgan funksiyaning hossalari. Hosila, uning geometrik va mehanik ma’nolari. Differensial va differensiallanuvchanlik. Yuqori tartibli hosila va differensiallar. Differensial hisobning asosiy teoremalari. Funksiyani to`la tekshirish va grafigini chizish. Boshlang`ich funksiya va aniqmas integral. Ratsional, sodda irratsional va transtsendent funksiyalarni integrallash. Aniq integral va uning xossalari. Integrallanuvchi funksiyalar sinfi. Nyuton-Leybnits formulasi. Xosmas integral. Aniq integralning tatbiqlari. Sonli qator va uning yaqinlashuvchanligi. Sonli qator yaqinlashishining zaruriy va yetarli shartlari. Musbat qator, taqqoslash teoremalari, yaqinlashish alomatlari. Ixtiyoriy hadli qatorlar. Absolyut va shartli yaqinlashuvchi qatorlar. Leybnits teoremasi. Darajali qatorlar. Abel teoremasi. Darajali qatorning yaqinlashish radiusi, yaqinlashish intervali, yaqinlashish sohasi. Teylor formulasi va qatori. Funksiyalarni darajali qatorlarga yoyish. Furye qatori. Funksiyalarni Furye qatoriga yoyish. Ko`p o`zgaruvchili funksiyalar. Karrali va takroriy limitlar, uzluksizlik. Xususiy hosilalar. Differensial va uning geometrik ma’nosi. Yuqori tartibli xususiy hosilalar va to`la differensiallar. Ko`p o`zgaruvchili funksiyaning ekstremumlari. Ikki, uch o`lchovli integrallar va ularni hisoblash. Karrali integrallarning tatbiqlari. Asosiy tushunchalar. Differensial tenglamaga olib keladigan masalalar. Hosilaga nisbatan yechilgan birinchi tartibli differensial tenglamalar: o`zgaruvchilari ajraladigan va unga keltiriladigan differensial tenglamalar. Bir jinsli va unga keltiriladigan differensial tenglamalar. Chiziqli tenglamalar, Bernulli tenglamasi. To`la differensialli tenglama, integrallovchi ko`paytuvchi. Lagranj va Klero tenglamalari. Izogonal va ortogonal traektoriyalar.

n-tartibli o`zgarmas koeffitsientli chiziqli tenglamalar. Ikkinchi tartibli o`zgarmas koeffitsientli chiziqli tenglamalar.

To`plam quvvati. Ekvivalent to`plamlar. To`plam quvvati tushunchasi. Quvvatlarni taqqoslash. Sanoqli to`plamlar va ularning xossalari. Ratsional va algebraik sonlar to`plamlarining sanoqliligi. Haqiqiy sonlar to`plamining sanoqsizligi. Kontinuum quvvatli to`plamlar. Kompleks sonlar ketma-ketligi va qatorlar. Kompleks o`zgaruvchining funksiyasi haqida tushuncha, uning geometrik talqini. Funksiyaning limiti, uzluksizligi va tekis uzluksizligi. Kompleks o`zgaruvchili funksiyaning hosilasi. Differensiallanuvchi bo`lish sharti. Nuqtada va sohada analitik funksiya tushunchasi. Garmonik va qo`shma garmonik funksiyalar. Hosila moduli va argumentning geometrik ma’nosi. Kompleks o`zgaruvchili ko`rsatkichli, trigonometrik, logarifmik funksiyalar va ularning xossalari. Trigonometrik va giperbolik funksiyalar orasidagi bog`liqlik. Kompleks hadli darajali qatorlar. Abel teoremasi. Yaqinlashish doirasi va radiusi. Darajali qator yig`indisining yaqinlashish doirasida analitik funksiya ekanligi. Analitik funksiyani Teylor qatoriga yoyish. Koshi tengsizligi va Liuvill teoremasi. Algebraning asosiy teoremasi. Analitik funksiyalarning nollari. Yagonalik teoremasi. Ayrim elementar funksiyalarni haqiqiy o`qdan analitik davom ettirish. Loran qatori haqida tushuncha. Loran teoremasi. Maxsus nuqta. Maxsus nuqtalar klassifikatsiyasi. Chegirma tushunchasi. Chegirmalarni hisoblash. Chegirmalar haqidagi asosiy teorema. Integrallarni hisoblashda chegirmalarni qo`llash.

Algebra va sonlar nazariyasi:

Mulohazalar ustida amallar. Mulohazaviy formulalar. Predikatlar va kvantorlar. Predikatli formulalar. To’plam, to’plam ustida amallar. Binar munosabatlar, ularning turlari. Alegbraik amal. Algebra. Algebralar gomomorfizmi va uning turlari. Gruppa, halqa, maydon. Algebraik sistemalar. Kompleks sonlar maydoni. Chiziqli tenglamalar sistemasi. Matritsalar. Matritsaning teskarilanish shartlari. O’rniga qo’yishlar gruppasi. Determinantlar, hossalari. Kramer formulasi. Chiziqli tengsizliklar sistemasi.

Vektor fazolar. Vektor fazo bazasi va o’lchovi. Chiziqli qobiq, chiziqli ko’p xillik. Yevklid fazolar, ularning izomorfizmi. n- o’lchovli affin fazolari. Ortogonal bazis. Ortogonal to’ldiruvchi.
Chiziqli akslantirishlar va operatorlar. Chiziqli almashtirishlarning xos sonlari va xos vektorlari.

Butun sonlar xalqasida bo’linish munosabati. Tub sonlar. Arifmetikaning asosiy teoremasi. Eng katta umumiy bo’luvchi. Eng kichik umumiy karrali. Yevklid algoritmi va uning tatbiqlari. Chekli zanjir kasrlar. Munosib kasrlar. Sistematik sonlar. Taqqoslama, chegirmalar halqasi. Bir o’zgaruvchili birinchi darajali va yuqori darajali taqqoslamalar. Sonning tartibi. Boshlang’ich ildiz. Tub modul bo’yicha indekslar va ularning tatbiqlari. Lejandr simvoli. Yakobi simvoli. Taqqoslamalar nazariyasining arifmetik tatbiqlari. Bir o’zgaruvchili ko’p hadlar. Bezu teoremasi. Algebraning asosiy teoremasi. Uchinchi va to’rtinchi darajali tenglamalar. Maydonning oddiy kengaytmasi. Algebraik va transtsendent sonlar. Maydonning algebraik kengaytmasi. Algebraik sonlar maydoni. Tenglamalarni radikallarda yechish.

Vektorlar ustidagi amallar. Vektor fazo. Koordinata sistemalarini almashtirish. Affin, dekart va qutb koordinatalar sistemalari. Koordinatalarni bog’lovchi tenglama va tengsizliklar. Algebraik chiziqlar va ularning tartibi. Almashtirishlar gruppasi. Tekislikdagi harakatlar klassifikatsiyasi. Geometrik figuralarning simmetriya gruppasi. O’xshash almashtirishlar gruppasi va uning gruppaosti. Tekislikdagi affin almashtirishlar. Fazodagi koordinatalar metodi. Koordinatalarni bog’lovchi tenglama va tengsizliklarning geometrik ma’nosi. Fazoda tekislik va to’g’ri chiziq. Ellips. Giperbola. Parabola. Ikkinchi tartibli chiziqlarning direktrisalari va fokuslari. Ikkinchi tartibli chiziqlarning umumiy tenglamasi. Ikkinchi tartibli tsilindrik va konus sirtlar. Aylanma sirtlar. TSirkulg’ va chizg’ich yordamida yasash postulatlari. Maktab geometriya kursidagi yasashga doir masalalar. Tekislikdagi geometrik yasashlarni turli metodlari. Sirkul va chizg’ich yordamida yechilmaydigan klassik masalalar. Tekis va fazoviy figuralarning parallel proyektsiyadagi tasvirlari. Aksonometriya. Polg’ke-Shvarts teoremasi. Pozitsion va metrik masalalar. Proyektiv tekislik va proyektiv fazo. Dezarg teoremasi. Proyektiv akslantirishlar va almashtirishlar. Garmonik joylashgan to’rtta nuqta. Proyektiv tekislikdagi ikkinchi tartibli chiziqlar va ularning klassifikatsiyasi. Shteyner va Paskal teoremalari. Yevklid geometriyasi. N.I.Lobachevskiy geometriyasi. Gilbert aksiomalar sistemasi. Aksiomalar sistemasining interpretatsiyasi. Aksiomalar sistemasining zidsizligi, erkinligi va to’liqligi. Uch o’lchovli fazoning Veyl aksiomalar sistemasi. Giperbolik fazo haqida tushuncha. Giperbolik tekislikning Keli-Kleyn modeli. Pedagogik faoliyatda psixologiyaning ahamiyati. Faoliyat va motivlar. Faoliyatning asosiy turlari. Motivasiya sohalari. Shaxsi eksperimental tadqiq qilish metodlari. Pedagogik jarayonni boshqarish. Ta’lim va aqliy taraqqiyot. Pedagogik qobiliyat va uning turlari. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot ob’ektlari va metodlari. Ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uning uzviyligi, uzluksizligi. O’tmish va zamonaviy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari. Ilg’or pedagogik qarashlar. Jahon ta’lim tizimi. Pedagogik jarayondagi integratsiyalar. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta’lim va tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari, birligi, differensiyasi, yagona pedagogik jarayon. Ta’lim nazariyasi (didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari. Ta’lim prinsplari. Talim metodlari, texnologiyalari. Ta’lim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari. Ta’limni boshqarish shakllari. O’quv-me’yoriy hujjatlar. Pedagog kasbining o’ziga xos xususiyatlari. Pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligi, ilmiy manbaalarni tahlil qilish metodlari: ilmiy bilish metodlari; induksiya, deduksiya, analogiya; pedagogik kompetentlik, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish shakllari, metodlari hamda vositalari; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini ta’minlashni bilish, mashg‘ulot olib boriladigan fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’ekti, fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni va ahamiyati; fan taraqqiyotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bog‘liqligi; foydalaniladigan asosiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron adabiyotlar; fan mazmunini ishlab chiqishda o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviylikning ta’minlanishini baholash; fanning istiqboldagi taraqqiy etishi muammolari va ularning yechimlari haqida bilim va layoqatga egalik.

Matematika fanidan magistraturaga kirish sinovlarini baholash

1) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma’lum bo’lganda qo’yiladi: Savollar mazmunini to’liq yoritgan; Qonunlar, tushunchalar mazmuni to’liq yoritilgan, atamalardan to’g’ri va o’z o’rnida foydalanilgan; Mazmuni yoritishda qo’shimcha materiallar, fan yangiliklaridan foydalangan; Fikrni dalillashda kuzatish va tajribalardan foydalangan, uning natijalari jadval, sxema tarzida ifodalangan. 86-100 ball. 2) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma’lum bo’lganda qo’yiladi: Savollar mazmunini to’liq yoritishda izchillikka amal qilmagan; qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritishda muayyan kamchiliklarga yo’l qo’ygan, atamalardan foydalanishda noaniqliklarga yo’l qo’yilgan; Mazmunini yoritish va fikrini dalillash, kuzatish va tajribalar natijalarini bayon etishda xatolikka yo’l qo’ygan. 71-85 ball. 3) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma’lum bo’lganda qo’yiladi: Savollar mazmunini to’liq yoritishda izchillikka umuman amal qilmagan; Qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritishda jiddiy kamchiliklarga yo’l qo’ygan, atamalardan foydalanish qoidalariga amal qilmagan bo’lsa; 56-70 ball. 4) Kiruvchining variant savollarga bergan javoblaridan quyidagilar ma’lum bo’lganda qo’yiladi: Savollar mazmunini to’liq yoritmagan; Qonunlar, tushunchalar mazmunini yoritish, atamalardan foydalanishda qo’pol xatoliklarga yo’l qo’ygan. 0-55 ball. Magistraturaga kirish sinovlarini test shaklida o’tkazilganda har talabaga 50 ta test beriladi va har bir to’g’ri javob 2 balldan jami 100 ball bilan baholanadi.

Adabiyotlar

  1. Azlarov T., Mansurov. X., Matematik analiz. T.: O`zbekiston. 1 t.1994.-415 b.
  2. Azlarov T., Mansurov. X., Matematik analiz. T.: O`zbekiston. 2 t.1995.-436 b.
  3. Ayupov Sh.A., Berdiqulov M.A., Turgunbaev R.M. Funksiyalar nazariyasi. T.: «O`AJBNT» Markazi, 2004.-148 b.
  4. 4. Salohiddinov M.S, Nasriddinov G’.N. Oddiy differensial tenglamalar. T: “O`qituvchi”. 1994. -383 b.
  5. Sirojiddinov S., Maqsudov Sh., Saloxiddinov M. Kompleks o‘zgaruvchining funksiyalari nazariyasi. -T.: O‘qituvchi, 1979 y. – 367 b.
  6. Sa`dullaev A. va b. Matematik analiz kursidan misol va masalalar to‘plami, III qism. -T.: O‘zbekiston, 2000 y. – 400 b.
  7. Boyarchuk A.K. Funktsiy kompleksnogo peremennogo: teoriya i praktika. M.: 2001.,352s.
  8. N.D.Dadajonov, R.YUnusmetov, T.Abdullaev, Geometriya 1 va 2-qism. Toshkent. «O’qituvchi». 1996 y.
  9. A.Narmonov “Differentsial geometriya”, Toshkent 2003 y.
  10. X.X.Nazarov, X.O.Ochilova, E.G.Podgornova, Geometriyadan masalalar to’plami. 1 qism. Toshkent. «O’qituvchi», 1993 y., 2 qism. Toshkent. «O’qituvchi», 1997 y.
  11. Л.С.Aтaносян, В.Т. Бaзылeв, Гeомeтрия ч.1,2. М, «Просвeщeниe» 1987 г.
  12. A.Д.Aлeксaндров, Н.Ю.Нeцвeтaeв, Гeомeтрия, М.,«Нaукa» 1990 г.
  13. Nazarov R.N.,Toshpo’latov B.T., Dusumbetov A.D. Algebra va sonlar nazariyasi.T., O’qituvchi. I-qism,1993 y., II-qism, 1995 y.
  14. Xojiev J.X. Faynleyb A.S. Algebra va sonlar nazariyasi kursi, Toshkent, «O’zbekiston», 2001y.
  15. T.F.Jo’rayev. Topologiyaga kirish. Funktorlar. O’lchamlar. Chiziqlar. Toshkent. “Tafakkur-Bo’ston” 2012y.
  16. Куликов Л.Я. Алгебра и теория чисел. М., Высшая школа, 1979 г.
  17. Кострикин И.А. Введение в алгебру. М., Наука. 1977 г.
  18. Скорняков Л.Ф. Элементы общей алгебры. М., Наука 1983 г.

Bizni ijtimoy tarmoqlarda kuzating

Bob elektron darslik yaratishning nazariy

qilinib, bilimli, yеtuk, kashfiyotchi kadrlar yеtishtirish ko’zda tutilgan.

Bugungi kunda axborot tеxnologiyalari kirib bormagan biror bir sohani

ko’rsatib o’tish juda mushkul. Ayni vaqtda ilm-fan, tеxnika taraqqiyotini

innovatsion tеxnologiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Ayni paytda ushbu

tеxnologiyalarning ta’lim va ta’limning turli yo’nalishlariga, tibbiyot,

bioinformatika va boshqa sohalarga kirib kelishi sеzilarli yutuqlarni vujudga

kеltirdi. Bu esa o’z-o’zidan ham ma’naviy, ham moddiy yutuqlarga asos bo’ladi.

“Axborot asri” – har daqiqada o’sib borayotgan va rivojlanish cho’qqisiga

chiqayotgan davr silsilasidir. Bir qarashda jo’ndek ko’ringan bu soha har bir

faoliyatning qoniga, uning yuragiga aylanmoqda. Negaki axborotsiz inson bir

daqiqa ham yashashi mumkin emas. Uning tug’ulishi ham bir axborotni vujudga

keltiradi, yani u yashash mobaynida turli darajali axborotga duch keladi.

Ko’zlarimizni ko’rishi, ranglarni ajratishi inson miyasidagi behisob jaroyonlar

axborotni mavjudligidan dalolatdir. Darhaqiqat insoniyat turmush tarzining

rivojlanishi yangi-yangi kashfiyotlarning yaratilishiga sabab bo`lmoqda. Inson

yangilik yaratish jarayonida har xil to`siqlarga duch keladi va shu to`siqlarni

yengib o`tish mobaynida yana yangi ixtirolar vujudga kelaveradi. Lekin hayot

tajribalaridan ma`lumki, ko`pincha yangi kashfiyot ma`lum bir muammoni hal

qilish jarayonida yuzaga keladi.

O’tkazilgan tadqiqotlar natijasida shular ayon bo’ldiki elektron

darsliklardan darsda foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv

materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan

mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish

slaydlarini o‘quvchilarga tarqatma material sifatida ham berish mumkin.

Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, analitik qism, loyiha qism, Tadbiq

qilishni tashkil qilish va loyiha samaradorligi va hayot faoliyati xavfsizligi

bo’limlari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar tashkil topgan.

Elektron darsliklarni loyihalashtirish ishlab chiqish va o’quv jarayonida

keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda

ta’lim sohasida qo’llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron nashrlarni turli

xillari yaratilib, ular o’z tarkibiga masofaviy o’qitishning kompleks tizimigacha

Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta’minotning yo‘qligi ishlab

chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va

dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron

darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish

Ishning maqsadi va vazifalari. Hozirgi kunda elektron darsliklar sanoati va

poligrafiya sanoati o’zaro raqobatga kirishgan va o’z navbatida ikkalasini ham

ta’lim sohasida o’ziga xos o’rni va roli mavjud. Biz hozir ikkalasini bir-biridan

yaqqol ustun deya olmaymiz. Elektron darslik ham poligrafik darslik ham ta’lim

sohasining ajralmas qismi hisoblanadi. Lekin shuni tan olish lozimki elektron

darsliklar tobora rivojlanib o’z o’rnini topib bormoqda. Buning natijasida esa

yaratilayotgan elektron darsliklar sifati, qulayliklari, qo’shimcha imkoniyatlarini

tadbiq qilish hamda yaratilishdagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish

masalasi yuzaga keladi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishining ham asosiy maqsad va vazifasi elektron

darslilar yaratish texnologiya fanini o’quv uslubiy majmuasini yaratish hamda

uning yaxlit information modelini yaratishdan iboratdir. Vaqt o’tishi bilan xar

qanday sohada bo’lgani kabi elektron darsliklar yaratish texnologiyasida ham

keskin ravishda rivojlanish kuzatilmoqda. Umuman axborot texnologiyalari sohasi

hozirgi kunda eng jadal rivojlanayotgan soha bo’lib qoldi. Bugun keng

foydalanilayotgan texnologiya yoki dastur hech qancha vaqt o’tmasidan turib o’z

o’rnini yangi qulayroq texnologiyaga bo’shtib bermoqda.

texnologiyalarining ajralmas bir bo’lagi hisoblanadi. Shu munosabat bilan elektron

darsliklar yaratish texnologiyasini ma’lum bir modelini va o’quv uslubiy

majmuasini ishlab chiqish dolzarb masalaga aylangan.

Ta’lim oluvchilarning bevosita elektron darsliklar yaratish fanidan o’quv

uslubiy majmuasi va unformatsion modelini ishlab chiqish hamda ularga ushbu

fanni o’rganishlari uchun kerakli ma’lumotlarni yaratish hamda yuzaga keladigan

muammolarni bartaraf etish. Bu borada elektron darsliklar yaratishni zamоnaviy

o’qitish texnоlоgiyalari asоsida samarali tashkil qilish yo’llari tavsiya qilindi

Bevоsita izlanish mоhiyatidan kelib chiqib, talabalarning mustaqil ta`lim

оlish samaradоrligini оshirish uslublarini izlab tоpishga qaratildi. Mazkur

muammоni hal etish maqsadida fanning ishchi o’quv dasturini ishlab chiqildi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida hozirgi kunda elektron

darsliklarni ta’lim sohasida tutgan o’rni va ahamyati hamda ularni yaratilish

jarayonida kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalarga alohida e’tibor berildi.

Elektron darsliklarga qo’yiladigan talablar hamda ularning ta’lim tizimiga

chuqurroq tadbiq etish yo’llari ishlab chiqildi. Shuningdek elektron darsliklar

yaratishda zarur bo’ladigan dasturiy va texnik resurslar hamda sarflanadiga

xarajatlar jamlanmasi ham o’rganildi.

I. BOB. ELEKTRON DARSLIK YARATISHNING NAZARIY

1.1. Elektron darsliklar haqida tushuncha.

Bundan yigirma yil oldin elektron darsliklar haqida tasavvurga ham ega

emasdik. Bugun esa axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyoti bois

elektron darsliklardan foydalanish imkoniyatiga egamiz. O‘z navbatida, u bilan

bog‘liq muammolarni ham yechishga harakat qilyapmiz.

Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida

foydalanish pedagogga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron

taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni

yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga

tarqatma material sifatida ham berish mumkin.

Slaydlarga nisbatan o‘quvchilar o‘zlarining fikrlarini yozadi va bu orqali

ular axborotlar bilan ishlashning quyidagi malakalariga ega bo‘ladilar:

•grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki teskarisi;

•muhokama etilayotgan mavzu bo‘yicha xulosalar va savollarni

•o‘zining o‘quv-bilish faoliyatini rejalashtirish.

Bunday metodika o‘qituvchiga yangi axborotlarni ko‘paytirib borish,

o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi o‘zgarishi bilan ma’lum bir mavzuga

mo‘ljallangan slaydlarni takomillashtirib borish imkoniyatini beradi.

Metodik jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti ikki turdagi

ta’sirdan iborat. Birinchisi — o‘qitishning ma’lum bosqichida o‘quvchiga shu

bosqichdagi masalani tushunishga yordam beruvchi yo‘naltiruvchi savollar.

Ikkinchisi — masalani aniqlashtiruvchi fikrlar va harakatlar usulini ko‘rsatish.

Savollar va ko‘rsatmalar soni nazariy va amaliy materiallarning o‘quvchi

tomonidan o‘zlashtirilishi hamda malakaning shakllanishiga bog‘liq ravishda

Amaliy tahlillar ta’lim jarayonida katta samaraga ega bo‘lishi uchun o‘quv

jarayonida interfaol didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlardan foydalanishni

taqozo etadi. Ular o‘quvchilarning jamoa bo‘lib yoki individual faoliyatini, kasbiy

malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Interfaol o‘yinlar

ma’lum bir kasbiy sifatlarga va malakaga ega bo‘lajak o‘qituvchi shaxsini

shakllantirish maqsadida kelajakda kasbiy faoliyati bilan bog‘liq vaziyatlarni

modellashtirish imkoniyatini beradi. Aynan didaktik o‘yinlar va mashq

qildirgichlarni yaratish elektron o‘quv-metodik majmualar yaratishda katta

qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu qiyinchilik dasturiy-texnik va metodik qiyinchiliklar

Elektron darslik – kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta’lim

metodlaridan foydalanishga mo‘ljallangan o‘qitish vositasi bo‘lib, undan mustaqil

ta’lim olishda va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda

foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga

interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot

texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan o‘rinli

Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va o‘quv jarayonida

keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda, chunki ulardan ommaviy ravishda

ta’lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron o‘quv nashrlarning

turli xillari yaratilib, ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy

o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda.

• matnning elektron versiyasi;

• kitobning gipermatnli elektron versiyasi;

•animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;

•animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari mavjud

Ushbu sohaning yangiligi va o‘quv-uslubiy ta’minotning yo‘qligi ishlab

chiqilayottan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari majud emasligi va

dasturiy vositalarining turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi elektron

darsliklarni o‘quv jarayonida samarali qo‘llashga to‘sqinlik qilyapti deyish

Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarni baholash

mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar o‘tilayotgan

darslar sifatini yuksaltirishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini bilish kerak. Elektron

darsliklarning an’anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish

1. O‘quv axborotlarining taqdim etilish shakli.

2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati.

3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi.

4. O‘qituvchi bilan teskari aloqaning mavjudligi.

Shulardan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi

tamoyillarini keltirish mumkin:

• multimedia ma’lumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida

axborotlarni taqdim etish;

• qidirish va yo‘llash imkoniyatlarini kiritish;

• olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning ob’yektiv tizimini kiritish;

• tarmoq texnologiyalari asosida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro

interaktiv va teskari aloqasining yo‘lga qo‘yilishi.

Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida keng foydalanishning asosiy

muammosi — bu kompyuter ekranidan katta hajmdagi axborotlarni o‘qishdir.

Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovoz shaklida

taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta o‘quv materialini turli shaklda taqdim

etishi bilan farqlanadi, xolos. Elektron darslikning matn usulida material,

gipermatn ko‘rinishida taqdim etilib, unda rpafik, chizma, diagramma, fotografiya,

animatsiya va video qo‘llaniladi. Elektron darslik materiali o‘qituvchiga diktor

ovozi bilan yetkazilib, slayd-shou ko‘rinishdagi material bilan birga beriladi.

Audio va videoaxborotlarning o‘zaro birgalikda qo‘llanishi o‘qitish

samaradorligini keskin yuksaltiradi. Elektron darslikni yaratishda kelajakda ayrim

muammolarni yechish lozimligi ayon bo‘ldi. Shulardan asosiysi, bu — o‘zbek

kirill alifbosidagi «Q», «F», «O‘», «H» harflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri matnga

kiritishdir. Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, elektron darslikni oldin biror bir

nashriyotda chop etilgan darslik asosida yaratish lozim, chunki foydalanilayotgan

materiallarni tahrir qilish talab etilmaydi va ulardan skaner orqali foydalanish

mumkin bo‘ladi. Bozor munosabatlari axborot mahsulotlarining yangiligi,

ishonchliligi va to‘liqligi darajalariga yuqori talablar qo‘ymoqda. Chunki busiz

samarali marketing, moliya-kredit va investitsiya faoliyatini yuritish mumkin

Axborot mahsulotlarining respublikamiz hayotida tutgan o‘rni va roli ijobiy

texnologiyalari bozori industriyasini tarkib toptirish jamiyatimizda chuqur ijtimoiy

o‘zgarishlarga olib kelib, uni «industrialdan axborot lashgan jamiyatga»

aylantirishiga ishonchimiz komil.

1.2. Elektron darslik tuzilmasi.

O’zbekiston Respublikasi ”Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar

tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bu sohadagi qilinadigan ishlar

ko’lamini va yo’nalishlarini belgilabgina qolmasdan, ta’lim sohasida o’ziga xos

inqilobiy burilish yasadi. Bu borada “O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta

ta’limni tashkil etish to’g’risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda

milliy umumiy o’rta ta’limni halqaro darajaga olib chiqish, uni jahon andozalariga

mos qilib, tubdan isloh qilish mamlakatimiz oldida to’rgan eng ustivor

vazifalardan biri sifatida belgilab qo’yildi. Hisoblash texnikasining hayotga kirib

borishi, elektron darsliklarning, ya’ni o’qituvchisiz o’qitish texnologiyasini joriy

etish va ishlab chiqish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat sohasini rivojlantirmoqda.

Oddiy (qog’ozli) darsliklarga qaraganda, elektron darslik ko’proq saloxiyatga ega,

chunki kompyuter o’qituvchi uchun qiyin bo’lgan ba’zi qirralarini bajaraoladi, o’z

joyida va o’z vaqtida materialni ko’rsatish, bilim darajasini xaqqoniy aniqlash va

boshqalar. Elektron darslik ma’lum bir predmet bo’yicha to’liq materialni o’z

ichiga olgan bo’lishi kerak. Elektron darslikning «intellektual jihati»ni olib

qaraydigan bo’lsak, uning kamchiliklarini (faqat kompyuterda qo’llash imkoniyati)

qoplabgina qolmay, qog’ozli variantdan ustunlik jihatlari ham mavjud (kerakli

ma’lumotni tezda izlash, ixchamlik va h.k.).

Har bir elektron darslik ma’lum bir me’yorlarga, ichki struktura va formatga

ega bo’lishi uni boshqa darsliklar bilan bog’lash va yagona bir yillik masofaviy

o’qitish tizimini yaratish imkonini beradi.

Informatika va hisoblash texnikasi asoslari predmeti maktabda o’qitiladigan

barcha fanlarni umumiy kompleksda integratsiyalashga tayanadi. Turli fanlardan

elektron darsliklar yaratilishi va IHTA predmetini o’qitish jarayonida ulardan

foydalanish, fanlarni o’zaro bog’lash imkoniyatini yaratadi. Umuman olganda

fanlararo aloqa didaktikaning kompleks muammolaridan hisoblanadi. Ma’ruzadaa

8-sinf Iqtisodiy bilim asoslari darsligi asosida elektron darslik yaratilishini ko’rib

chiqamiz. Keltirilgan darslikda asosan illyustratsiyalardan foydalanilgan va yana

bir jihati bu erda darslik yaratishning avtomatlashtirilgan vositalaridan keng

Elektron darslik strukturasi. Darslikning ichki strukturasini, ya’ni

foydalanuvchi ko’rib turadigan elementlarini ko’rib chiqamiz. Darslikning qiymati

uning mazmunidadir. Agar o’quvchi bu darslikdan foydalanib keyinchalik imtihon

topshiradigan bo’lsa, u holda material mazmunini 3ta ko’rinishda berishni taklif

1. Mant, rasm, jadval, grafik shaklida ( ya’ni kitobdagi shaklda, lekin bu erda

kitob shakliga xos bo’lmagan animatsiya, video va ovoz elementlari, ma’lumotni

izlash imkoniyatlari ham bo’lishi mumkin).

2. Sxema-kurs ko’rinishida, ya’ni darslik strukturasi tushunarli bo’lishi

uchun darslik mazmuni qisqartirilgan grafik-matn shaklda beriladi.

3. Test tizimi (o’z bilimini tekshirish) shaklida – tinglovchiga maxsus

interaktiv tizim vositasida, o’quv materialini savollar va javoblar shaklida berilishi.

Test kompyuter bilan bellashuv, o’yin jixatlari bilan o’quvchilar uchun darslikning

eng qiziqarli qismi bo’lishi mumkin.

Bitta materialning bunday uchta shaklda berilishi uni takrorlash va eslab

qolish imkonini yaratadi. Elektron darslikning strukturasiga to’htaladigan bo’lsak,

u quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:

o’quv materialining to’liq matni (sxema, jadval, illyustratsiya, grafik);

o’quv materialining qisqacha mundarijasi (sxemakurs shaklida);

cheklangan nazorat tizimi;

matn fragmentlarini izlash;

darslikni boshqaruvchi elementlar bilan ishlash bo’yicha yo’riqnoma.

Elektron darslikka qo’yiladigan yana bir talabga e’tibor berish lozim: o’quv

materiali va uning dasturiy ta’minoti o’z ishini avtomatik tarzda boshlaydigan bitta

lazer diskda joylanishi lozim. Qattiq diskda esa foydalanuvchi o’zi yaratgan

ma’lumotlar joylanishi mumkin.

Muqova. Darslik muqovasi o’z ichiga grafik, animatsiya, video yoki

xaraktlanuvchi darslik annotatsiyasidan iborat bo’lsa o’ziga jalb qiluvchi

xususiyatga ega bo’ladi.

Titul ekran. Titul ekranda darslik nomi, yuqori tashkilot haqida, mualliflik huquqi

haqida, darslikning attestatsiyadan o’tganligi haqida ma’lumot, sana, tashkilot,

mualliflar haqida ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

Mundarija. Mundarija darslikning asosiy elementi hisoblanadi. Bir tarafdan

darslikning turli qismlariga tez va qulay o’tish uchun to’liq bo’lishi, va shu bilan

birga bitta ekranda jolanishi kerak. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, bunday

talablarga ikki bosqichli (mavzuG’mavzuosti) mundarija javob beradi.

Bundan tashqari mundarija orqali:

o’z bilimini tekshirish tizimiga;

cheklangan tekshirish tizimiga;

matn fragmentini izlash qismiga;

darslikning istalgan qismiga o’tish imkoniyati;

darslik ishini tugatish;

titul ekranga qaytish imkoniyatlari mavjud bo’lishi kerak.

Annotatsiya. Annotatsiya darslikning muqovasida joylashgan bo’lishi

O’quv materialining to’liq matni. Elektron darslikning muvaffaqiyatli

bo’lishining sharti – unda o’quv materialining to’liq bo’lishidir, ya’ni matn, grafik,

jadval, illyustratsiya, animatsiya, video va ovoz qismlarini o’z ichiga olishidir.

Darslikning bitta sahifasida matn, va uning ichidagi grafik elementlar, sahifaning

qisqacha mazmuni va materialni o’rganish jarayonini boshqarish elementlari

Elektron darslikda o’quv materialining to’liq bo’lishi, ta’lim jarayonida

undan foydalanish va qog’ozdagi o’quv materialiga murojaat qilmaslikni

ta’minlaydi. Matndagi turli iboralar va ta’riflarga, illyustratsilarga, jadvallarga,

grafiklarga yo’llovchi gipermatnlar tufayli elektron darslik qog’oz materiallarga

qaraganda o’quv jarayonida qulay imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga uning

ihchamligi va nisbatan arzonligi ta’lim oluvchining e’tiboridan holi bo’lmaydi.

Elektron darslikda o’quv materialining to’liq berilishi sahifalarning ko’payib

ketishiga olib keladi. Agar har bir sahifaga alohida ishlov berilsa, u holda bunday

elektron darslikni yaratishga ko’p vaqt ketadi. Agar sahifaga matnni oddiy holatda

joylashtirilsa, u holda bu jarayonni avtomatlashtirish osonlashadi. Bundan tashqari

gipermatnlarni yaratishni avtomatlashtirish ham qulaylashadi. Kichik grafik

ob’ektlar esa matn ichida ham joylashtirish mumkin.

Darslik sahifasining strukturasi. Elektron darslik sahifasi bir qancha

sohalarni o’z ichiga oladi:

sahifaning darslikda joylashgan o’rnini ko’rsatuvchi sohasi ( sahifa nomeri,

mavzu yoki mavzu osti nomlanishi );

matnga grafik qo’shimchalar ( formula, grafik, jadval va h.k.),gipermatnlar

sahifadagi o’quv materialining qisqacha mazmuni joylashgan soha

sahifada boshqaruv elementlari joylashgan soha ( oldingi, keyingi sahifaga,

mundarijaga o’tish tugmalari, yordamchini chaqirish tugmasi);

sahifadagi matnga aloqador, katta ilmostratsiya va jadvallar darslik

resurslarida saqlanadi, yoki boshqa sahifalarda joylashadi. Ular ekranga

gipermatnlar yordamida yoki sahifadagi maxsus tugmachalar yordamida

o’quv materialining qisqacha mazmuni. O’quv materialining to’liq matni

bilan bir qatorda qisqacha mazmunining ham bo’lishi juda muhim.

Sxemakurs shaklida, ya’ni grafik-matn shaklida (strukturali blok-sxema)

berilishi yaxshi samara beradi.

O’z bilimini tekshirish tizimi. O’z bilimini tekshirish tizimiga aloxida e’tibor

berilishi kerak. Darslikning hamma qismini qamrab olgan, bilim darajasini yaxshi

nazorat qiladigan bo’lishi lozim. Darslik bazasidagi barcha savollar o’quvchi

uchun tushunarli va qulay tarzda taqdim etilishi lozim. Shu bilan birga, har bir

javob baholanishi, umumiy natija va vaqt hisobi olib borilishi kerak.

Matn fragmentlarini izlash. Darslikda bunday funktsiyaning bo’lishi shart.

Izlash ikki variantda bo’lishi mumkin: izlanayotgan elementni alohida izlash yoki

shu elementni o’z ichiga olgan so’zlarni ham izlash.

Mualliflar ro’yxati. Odatda, mualliflar ro’yxati alohida saxifada keltiriladi.

Bu saxifada nafaqat darslik mualliflari, uning elektron versiyasini yaratganlarning

ham ro’yxati beriladi. Bundan tasho’ari darslikni yaratgan tashkilotning to’liq

rekvizitlarini ham joylashtirish mumkin.

Tayanch iboralar. Iboralarga berilgan ta’rif gipermatn yordamida namoyon

bo’lishi mumkin, lekin bu saxifaning gipermatnlar bilan to’lib ketishiga olib

keladi, chunki gipermatnlar nafaqat iboralarning ta’rifiga, illyustratsiya, jadval,

grafiklarga ham yo’llovchi bo’ladi. Shuning uchun tayanch iboralar va ularning

kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi insoniyat oldida, ta’lim sohasida

yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, yangi vazifalarni ham yukladi. Biz bu

maqolada shu vazifalardan biriga, ya’ni zamonaviy axborot texnologiyalarining

multimedia vositalaridan foydalangan holda ta’lim berishning yangi bosqichiga,

elektron darsliklarni ta’lim jarayonida qo’llash imkoniyatlariga to’htalib o’tdik.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Mavzu: Elеktron darsliklar yaratish Reja: Elеktron darsliklar yaratishning umumiy masalalari

Axborot asrida insoniyat tarixida sanoat va fan olamida olamshumul yutuqlar qo’lga kiritildi. Dunyoda axborot eng qimmat narsaga aylandi. Kompyuter ixtiro qilinishi insonlar bajaradigan yumushlarni yengillashishiga olib keldi. Fan, ta’lim sohalarida o’qitish o’rganishning zamonaviy vositalari joriy qilindi.

Ta’lim jarayonini axborotlashtirishda hamda axborot texnologiyalari asosida bilim olish darajasi sifatini oshirish borasida so’nggi yillarda kuchli o’zgarishlar yuz bеrmokda. Bu o’zgarishlarga O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2002 yil 30 maydagi Farmoni va unga asosan, Vazirlar Mahkamasining “Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 6 iyundagi Qarori asos bo’ldi. Unda jumladan, ta’lim sifatini oshirish maqsadida standartlariga muvofiq elеktron o’qitish bazasini yaratish vazifasi yuklatilgan.

Ta’lim olish sifati-komplеks tushuncha bo’lib, bir qator ko’rsatkichlar bilan xaraktеrlanadi. Uni shakllantirishda boshlang’ich manbalar (ya’ni, kitoblar qo’llanmalar, lug’atlar, ma’lumotnomalar va x.k.) shuningdеk, o’rta (pеdagogik tеxnologiyalar, o’quv jarayonini tashkili) va nihoyat, ta’lim bеrish sub’еkti-o’qituvchi ishtirok etadi.

Yangi axborot-pеdagogik tеxnologiyalarning yorqin namoyondasi bo’lgan -elеktron darsliklar muhHim o’rin egallaydi. Ular zamonaviy axborot tеxnologiyalarning maxsuli hisoblanib, ta’lim sifatini oshirishga yordam bеradi. Elеktron darsliklar ta’lim olishning yangi shakli bo’lgan masofaviy o’qitishning mеtodologik asosi hisoblanadi.
So’nggi yillarda elеktron darsliklar Haqidagi tushunchalar turli tahlil etilmoqda. Masalan, diskеtlardagi matn va o’quv matеriallari, biror bir taqdimot va hokazolar. Shuning uchun, elеktron darsliklar bilan bog’liq asosiy tushunchalarni aniqlab olish maqsadga muvofiq, dеbyu o’ylaymiz.

Elеktron maxsulot-grafik, matn, raqam, ovoz, musiqa, vidеo, foto va axborot ko’rinishlarining majmuasi hisoblanadi. Elеktron maxsulot turli elеktron manbalarda-magnit shaklda (magnit lеnta, magnit disk va boshqa) optik shakldir. (CD-ROM, DVD va boshqa) va elеktron kompyutеr tarmog’ida (INTERNET) nashr etilgan Holda bajarilggan bo’lishi mumkin.

O’quv elеktron maxsulot-bilimlarning muayyan ilmiy-amaliy soHasi bo’yicha sistеmali matеriallardan iborat bo’lib, talaba va o’quvchilarning shu soHadagi zarur bilim va amaliy ko’nikmalarni ijodiy va faol tarzda o’zlashtirishini ta’minladi. O’quv elеktron maxsulot yuqori bajarilish sifati va badiiy shakllantirilishi, axborotning to’laligi, uslubiy instrumеntlarning sifati, tеxnik bajarilishi sifati, ochiqligi (naglyadnost), mantiq va ulash kеtma-kеtligi bilan ajralib turishi kеrak.

Darslik-o’quv fani, uning biror yo’nalishi yoki tarkibiy qismining davlat standartlariga va o’quv dasturiga mos Holda, yuqori ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan sistеmali ravishda bayon etilgan o’quv maxsulotdir.

Qiziqarli malumotlar
Elektron darsliklar haqida tushuncha