Elektron axborot ta’lim resurslarini baholash mezonlari
Assalomu alaykum Texnoman.uz muxlislari ! Bugun siz bilan qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lamiz.
Yurtimizda, «Eng Yaxshi Elektron Axborot-Ta’lim Resurslar 2017» tanlovi bo’lib o’tmoqda. Bu tanlov maktablardagi o’quvchi va o’qituvchilarga tegishli bo’lgan tanlov hisoblanadi.
Tanlovda, faqatgina maktab uchun ishlab chiqilgan dasturlar qatnashishi mumkin, ya’ni biror bir darslikning elektron ko’rinishi yoki o’qituvchilar ishlarini osonlashtiruvchi dastur.
Keling, bugungi maqolaning asosiy qismiga o’tamiz… Ya’ni shu musobaqada dasturlarga qo’yilgan mezonlar haqida gapirib o’taman.
Mezon, 2 qismga bo’linadi, bular :
- Didaktik talablar
- Texnik talablar
Va shuningdek, bular ham shartli ravishda kichik-kichik bo’limlarga bo’linadi. Keling shularni birma-bir sizlarga sanab o’tsam.
Didaktik talablar
1.1 — G’oyaning yangiligi va dolzarbligi.
1.2 — Tarbiyaviy axamiyati va milliy mafkura g’oyasining singdirilganligi.
1.3 — Interfeysning qulay, sodda, aniq va yosh xususiyatlarini xisobga olgan xolda ishlab chiqilganligi.
1.4 — Interfeysni yaratishda tanlangan ranglarning psixologik xususiyatlarini xisobga olinganligi.
1.5 — Ovoz, animatsiya, rasm va shu kabi media fayllar bilan boyitilganligi.
1.6 — Giperko’rsatmalar va yordamchi funksiyalardan foydalanish imkoniyatlarining bo’lishi.
1.7 — Ko’rish, eshitish va tasavvurni shakllantiruvchi uslublardan foydalanish.
1.8 — Istalgan tashuvchiga o’tkazish imkoniyatining mavjudligi.
1.9 — Matn va fon kombinatisyalarida, rang hamda ma’lumotlarning aks etishiga aloxida e’tibor berilganligi.
1.10 — Interfeys bilan ishlashda foydalanuvchini toliqtirmasligi.
1.11 — Interfeysda qisqartmalar va noaniq atamalarning bo’lmasligi.
Texnik talablar
2.1 — Tadbiq etish uchun tayyorlik darajasi.
2.2 — Amaldagi dasturlar mazmuniga mosligi.
2.3 — Qulayligi, sifati va bexatolik darajasi.
2.4 — Foydalanish tezligini pasaytiradigan va ortiqcha dasturlarni o’rnatish talab etmasligi.
2.5 — Resursdan foydalanish tartibi aks ettirilgan texnik yo’riqnoma mavjudligi.
Keyingi maqolada, iloji boricha shu 15-16 ta mezonlarga qanday tayyorgarlik ko’rish haqida gaplashamiz.
E’tiboringiz uchun rahmat !
Ta‘lim
Elektron axborot ta’lim resurslarini baholash mezonlari