ELEKTROMAGNIT TOʻLQINLAR
ELEKTROMAGNIT TOʻLQINLAR — vaqt boʻyicha davriy oʻzgaradigan elektromagnit maydon (oʻzaro bogʻlangan Ye elektr va N magnit maydonlar)ning fazoda chekli tezlik bilan tarqalish jarayoni. Oʻzgaruvchi induksiya oqimi uyurma elektr maydonni, u esa, oʻz navbatida, uyurma magnit maydonni uygʻotadi. Tarqalayotgan elektromagnit maydon E. t. deyiladi. Elektromagnit toʻlqinlar Koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, vakuumda s=3105^ tezlik bilan tarqaladi.
Ensiklopediya.uz
ELEKTROMAGNIT TOʻLQINLAR