Elektr xavfsizligi asoslari to’liq malumot oling

Elektr xavfsizligi asoslari to’liq malumot oling

                                             Elektr xavfsizligi asoslari.
Mundarija скрыть

                                            Mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi

Vaqti- 2 soat

Talabalar soni: 30-60 nafar

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Vizual ma’ruza

O‘qitish texnologiyasi

Muammoli

Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi

1. Elektr tokining inson organizimiga ta’siri.

2. Tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.

3. Elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari.

4. YYerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari.

5. Elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Elektr tokidan xavfsiz foydalanish talablari, muhofaza vositalari, elekt tokidan jarohatlangan kishiga biorinchi yordam kursatishni o‘rganish.

Pedagogik vazifalar:

— elektr tokining inson organizimiga ta’siri xususiyatlari tushuntiriladi;

— elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlarini tushuntiradi;

— tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish ochib bYeriladi;

— Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari tushuntiradi;

— Elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablari o‘rgatiladi.

O‘quv faoliyatining natijalari:

Talabalar:

— elektr tokining inson organizimiga ta’sirini tavsiflaydilar;

— tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish usullarini aytib bYeradilar;

— elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlarini aytib bYeradilar;

— yYerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalarini tasavvur qiladilar;

— elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablarini aytib bYeradilar.

O‘qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma’ruza, blits-so‘rov, bayon qilish, klastYer, «ha-yo‘q» texnikasi

O‘qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma matYeriallar, grafik organayzYerlar.

O‘qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O‘qitish shart-sharoiti

Proektor, kompyutYer bilan jihozlangan auditoriya.

Mavzularning tayanch iboralari nomi:

Tayanch iboralarning o‘quv maqsadlari:
1. Elektr tokining inson organizimiga ta’siri.

2 Elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari a’riflash.

3. Tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.

4. Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari o‘rganiladi va amalga oshiriladi.

5. Elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar o‘rganiladi va amalga oshiriladi.

Mustaqil ish:
— elektr tokining inson organizimiga ta’siri o‘rganish.

— tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish usullarini o‘rganish.

— elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlarin i ishlab chiqish.

— Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari sxemasini jizish.

— elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar ni mukammal o‘rganish.

Talabalar:

— elektr tokining inson organizimiga ta’sirini o‘rganish;

— elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari va usullarini o‘rganish;

— tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish va uni oldini olish to‘g‘risida ma’lumot to‘playdi;

— elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar o‘rganadi ;

— Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari talabalar tomonidan o‘rganiladi;

— mavzuga oid intYernet yangiliklarini to‘playdi.

O‘quv-ilmiy adabiyotlar

1. N.H. Avliyoqulov Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari Toshkent- 2001y.
2. N.H. Avliyoqulov O‘qitishning modul tizimi va pedogogik texnologiyasi amaliy asoslari Boxoro 2002y.

3. N.H. Avliyoqulov, N.N.Musaeva Pedagogik texnologiyalar. Fan va texnologiya nashriyoti, 2008y.

4. A.T. Murodov, S.N. SHodiev Mehnatni muhofaza qilish. Ma’ruzalar matni. B, 2003 y.

5. G‘. YOrmatov, YO. Isomuhamedov Mehnatni muhofaza qilish. T., «O‘zbekiston», 2002 y.

6. X. Azimov. Qurilishda mehnat havfsizligi Fan 1997y

7. O‘. Yo‘ldoshev, U. Usmonov, O. Qudratov Mehnatni muhofaza qilish mehnat 2001y.

8. P.V.Soluyanov Praktikum po Oxrane truda.

9. IntYernet ma’lumotlari:

[/h6]
[h6]

1. Elektr tokining inson organizimiga ta’siri.

Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldindan ko‘rish va sezish imkoniyati yo‘qligi uchun, elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlaridan unumli foydalanish nihoyatda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Elektr toki faqat biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo‘linadiki, bularni bilish har bir inson uchun zarur hisoblanadi.

A) Elektr tokining tYermik ta’siri-inson tanasining ba’zi joyida kuyish, qon tomirlari, nYerv va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi.

B) Elektrolitik ta’sir esa, qon yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik va kimyoviy xusu-siyatlarining o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak-qon tizimini kesib o‘tmasdan, tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

V) Elektr tokining biologik ta’siri — bu faqat tirik organizm uchun xos xususiyat hisoblanib, bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli organizmidagi tirik hujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizdagi bioelektrik (inson organizmi bioelektrik toklar yordamida boshqariladi) jarayonlar buziladi va tok urish holati vujudga keladi.

ELEKTR TOKI TA’SIRI IKKI GURUHGA BO‘LINADI.

A) Mahalliy elektrik ta’siri natijasida:

— kuyib qolish, organizm bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi;

— elektr belgilari hosil bo‘lishi — tYerining ustki qismida aniq kulrang yoki och-sarg‘ish rangli 1-5 mm belgi paydo bo‘lishidir;

— tYerining metallashib qolishi — bu holat ham elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y bYeradi;

B) Tok urishi — to‘rt darajaga bo‘lib qaraladi

— muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi (0,6 – 1,5mA);

— muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi (10 – 15mA);

— odam hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi (25 – 50mA);

— klinik o‘lim holati, bunda insonda hech qanday hayot alomati ko‘rinmay qoladi (100mA).

Klinik o‘lim — bu hayot bilan o‘lim oralig‘i bo‘lib, inson ma’lum vaqtgacha ichki imkoniyatlar hisobiga yashab, bu holat 5-8 daqiqa davom etadi va tashqi yordam bo‘lmasa, miya qobig‘idagi hujayralar parchalanib biologik o‘lim holatiga o‘tadi.

 Tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.

Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bo‘lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish zarur.

Klinik o‘lim holati yuz bYergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kYerak.

Sun’iy nafas oldirish “og‘izdan og‘izga” deb atalib, yordam ko‘rsatuvchi o‘pkasini havoga to‘ldirib, jarohatlagan kishi og‘zi orqali uning o‘pkasiga bu havoni haydaydi.

Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining og‘zini butunlay bYerkitishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini bYerkitish kYerak.

Bir minutda taxminan 10-12 marta puflashni, doka dastro‘mol va trubka orqali ham bajarish mumkin, sun’iy nafas oldirishni bemor o‘ziga kelguncha davom ettiriladi.

YUrakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi.

Qorin bo‘shlig‘idan ko‘krak qafasiga o‘tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qilinadigan joyni belgilab, qo‘lni bir-biri ustiga to‘g‘ri burchak shaklida qo‘yib, jarohatlangan kishining ko‘krak qafasiga tana og‘irligi bilan 15-25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi. Bosish soniyada 1 marta keskin kuch bilan bo‘lishi kYerak. Bunda ko‘krak qafasi ichkariga qarab 3-4 sm pasayishi kYerak va bu yurak urishi ritmiga moslab davom ettiriladi. Har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko‘krak qafasini bosish kYerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi, pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2-3 soniyaga to‘xtatib, tomir urishi sinab ko‘riladi.

1-rasm. Sun’iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish usullari.

3-ilova.

 Elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari.

Agar inson tanasining har qanday qismi elektr tarmog‘iga tushib qolsa, unda uni tok urish xavfi paydo bo‘ladi. Bunday holatni chizma ravishda tasvirlab tokka tushib qolishni ikki faza orasiga tushib qolish va bir fazali tokka tushish bilan belgilash mumkin.

Odam bir fazali tokka tushib qoldi deb faraz qilaylik. Unda tokning oqish yo‘li fazadan odam tanasi orqali Yerga o‘tib ketishi mumkin.

Sanoatda qo‘llaniladigan elektr toki asosan 380 V kuchlanishga ega bo‘ladi. Bunday tok uch fazadan iborat bo‘lib, har bir fazadan Yerga nisbatan 220 V kuchlanishga ega bo‘ladi. Bunday tokka tushgan odam tanasidan oqib o‘tgan tok miqdorini Om qonuni asosida aniqlash mumkin.

I=U/R

Bunda I — odam organizmi orqali oqib o‘tgan tok miqdori; U — fazaning kuchlanishi;

R — tok oqib o‘tishiga ko‘rsatiladigan qarshilik. Bir fazaga tushib qolgan odam uchun kuchlanish 220 V ni tashkil qiladi. R esa qator qarshiliklar yig‘indisidan tashkil to-padi

R = Rt + Rn + R0 + R1

Bunda Rt-odam tanasining qarshiligi, texnik hisoblarda 1000 Om qabul qilinadi; Rn-odam turgan polning qarshiligi, agar yog‘ochdan bo‘lgan pol bo‘lsa, uning qarshiligi 20000 — 60000 Om oralig‘ida bo‘ladi; R0 — oyoq kiyim qarshiligi, bu qarshilik ham oyoq kiyimining matYerialiga qarab 20000 — 50000 Om atrofida; R1-sim (neytral) Yerga ulangandagi qarshiligi (odatda umuman har qanday Yerga ulagich qarshiligi 4 Omdan katta bo‘lmasligi talab qilinadi).

Agar biz elektr toki ta’sirida bo‘lgan odam o‘tkazgichdan iborat polda tursa, oyoq kiyimi xam elektr o‘tkazuvchi bo‘lsa, unda

Bu miqdordagi elektr toki inson uchun xavfli hisoblanadi (fibrilyasiya tokiga nisbatan 2,2 marta ko‘p)

Bunday holatda elektr tokiga tushib qolganda ba’zi bir omillar bunday tokning zararlash natijasini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Masalan elektr tokiga tushib qolgan odam quruq yog‘och polda va oyog‘ida tok o‘tkazmaydigan rezina oyoq kiyimi bo‘lsin. Unda uning tanasidan o‘tib ketgan tok miqdori

bo‘ladi. Bu esa inson tanasi uchun uzoq muddat ta’sir ko‘rsatganda yo‘l qo‘yiladigan miqdordan kam.

 |Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari.

Har qanday elektr qurilmasi, agar uning metall qobiqlarida elektr kuchlanishi hosil bo‘lish xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’iy nazar, uning korpusini Yerga ulab qo‘yiladi va bu elektr qurilmalarini Yerga ulab muhofaza qilish deb ataladi.

2-rasm. Himoyalash uchun Yerga ulash ish sxemasi:

a – umumiy sxema, b – joylashtirish sxemasi, 1 – korpus, 2 – Yerga ulagich

Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanish paydo bo‘lsa, uni Yerga o‘tkazib yuborishdan iborat bo‘lib, asosiy xususiyatlaridan biri, elektr tokini xavfsiz darajaga tushirish, shuningdek, Yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat.

Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, Yerga qoqilgan va elektr tokini yerga o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o‘tkazgich tushuniladi.

Yerga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo‘ladi:

a) Bir joyga yig‘ilgan yerga ulash, yerga qoqilgan metal qoziqlar sexdan tashqarida ma’lum bir hududda o‘rnatilgan bo‘ladi.

b) Kontur bo‘yicha joylashtirilgan yerga ulashga mo‘ljallangan metal qoziqlar, elektr qurilmasi o‘rnatilgan maydon atrofi bo‘ylab, o‘zaro metall polosadan qilingan o‘tkazgich yordamida bir-biri bilan payvandlab ulab qo‘yiladi. Kontur bilan yerga ulashda elektr xavfsizligi butun yerga ulangan qoziqlar hisobiga tenglashtiriladi, hudud bo‘ylab elektr potensiallari ayirmasi yo‘qoladi.

Elektr qurilmalarining tok o‘tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo‘yish, nolga ulab muhofazalashdir.

Muhofazalovchi nol simi, elektr manbai g‘altagining neytral qismlarini mustahkam Yerga ulash bilan boshlanib, uch faza bilan birgalikda to‘rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo‘ylab tortib boriladi va iloji borcha ko‘proq (ma’lum masofada) Yerga ulab boriladi.

Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi Yerga ulab muhofaza qilish bilan bir xil, ya’ni elektr asbobi korpusiga oqib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat.

3-rasm. Elektr qurilmalarida himoya nol o‘tkazgichini ulanish sxemasi: a – uch fazali elektro iste’molchilarga nol o‘tkazgichini ulanishi, b – yoritgichlarni armaturasida nol o‘tkazgichni ulanishi, v – elektr qurilmalarida bir vaqtni o‘zida nol va Yerga ulanish o‘tkazgichlarni ulanishi

Nolga ulab muhofaza qilinayotgan tizimda nol simining asosiy vazifasi elektr tizimi korpusiga o‘tib ketgan tok bilan qarshiliksiz qisqa tutashuv hosil qilib, tizimdan oqib o‘tayotgan tok miqdorini muhofazalovchi o‘chirish tizimini ishga tushirib, qurilmaga tok o‘tkazmasligini ta’minlaydi

Elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar.

Elektr dvigatellari, ularni ulovchi o‘tkazgichlarning muhofaza qobiqlari, tok o‘chirish qurilmalari va saqlovchi qurilmalar hamda ularni o‘rnatish va foydalanishda maxsus talablar qo‘yiladi.

Elektr qurilmalarining elektr o‘tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash muhim rol o‘ynaydi.

a) Ko‘p miqdordagi elektr tokini yo‘qotishdan saqlaydi.

b) Ishlayotgan xodimni elektr toki ta’siriga tushib qolishga yo‘l qo‘ymaydi.

v) Elektr tizimlarining o‘zgaruvchi kuchlanishlaridan uchqunlar chiqishi bilan paydo bo‘ladigan yong‘in xavfini yo‘qotadi.

Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalariga asosan ikki saqlovchi qurilma o‘rtasidagi, elektr tizimlaridagi yoki oxirgi saqlovchi qurilma bilan har qanday o‘tkazgich orasidagi muhofaza qobig‘i qarshiligi 0,5 M Om dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.

Xavfli xonalarda bu qarshilik miqdori 20-50 foiz ortiq bo‘lishi kYerak.

Elektr qurilmasining muhofaza qobig‘i qarshiligi uni o‘rnatgandan keyin o‘lchab ko‘riladi va ishlatish davrida yiliga kamida 1 marta, xavfli xonalarda kamida 2 marta o‘lchab, tekshirib turiladi.

Muhofaza qilinmagan ochiq simlardan foydalanilganda, ularni kamida 3,5 m balandlikda o‘rnatish tavsiya etiladi, agar simlar uzilib ketgan taqdirda, ularni avtomatik o‘chirish tizimlari bo‘lishi shart.

Elektr tizimlarining saqlovchi qurilmalari juda oddiy tuzilgan bo‘lib, agar tizimda elektr quvvati nominal (25 foiz) miqdordan ortib ketganda, avtomatik ravishda tokni uzib qo‘yadi.

Agar tok kuchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, Yeruvchi qism 0,2 s davomida Yerib ketadi. Yeruvchi qismning standart sifatidagisini qo‘llash kYerak, uning o‘rniga, mis simlardan qilingan yasama qurilmalarni qo‘llashga ruxsat etilmaydi. CHunki bunday yasama qurilmalar o‘z vaqtida ishlamay, tizimdagi mavjud boshqa qismlari va o‘tkazgichlari qizib ketishiga hamda muhofaza qobiqlarining yonib ketishi natijasida, yong‘in chiqishiga sababchi bo‘ladi.

Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trubkasimon turlari mavjud bo‘lib, ularning hammasi ham Yeruvchi qismni o‘zgartirish imkoniyati bor.

Saqlovchi qurilmalarni almashtirish uchun, albatta, elektr tokini o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi, aksariyat hollarda shaxsiy muhofaza aslahalar qo‘llaniladi.

Elektrdan himoyalanish vositalari deb elektr qurilmalarida ishlaydigan ishchi xodimlarni shikastlanishdan, yuqoridan yiqilishdan, elektr maydonining ta’siridan himoyalash uchun xizmat qiluvchi asboblar moslamalar va qurilmalarga aytiladi.

Qo‘llanilishiga ko‘ra himoya qilish vositalari quyidagi asosiy tizimlarga bo‘lib o‘rganish mumkin:

a) Kuchlanish ostida ishlash uchun asbob va moslamalar (opYerativ ishlash uchun izolyasiyalovchi shtangalar, izolyasiyalovchi omburlar va tortqichlar qamragichlar, dastasi izolyasiyalangan asboblar);

b) Kuchlanishni aniqlash va kuchlanish ostida o‘lchash uchun asbob hamda moslamalar (kuchlanishning bor – yo‘qligi va fazasini tekshirish uchun qo‘llaniladigan asboblar o‘lchash shtangalari, tok o‘lchash omburlari);

v) Kishini elektr tokidan izolyasiyalash vositalari (saqlagichlari bo‘lgan izolyasiyalovchi omburlar, izolyasiyalovchi narvonlar va maydonchalar, rezinadan ishlangan dielektrik qo‘lqoplar, botilar, kalishlar, to‘shamalar, izolyasiyalovchi ostqo‘ymalar);

g) Ko‘chma Yerga ulagichlar va ularni yotqizish uchun shtangalar;

d) Saqlovchi vositalari (muvaqqat to‘siq, izolyasiyalovchi qalpoqlar va quymalar, ust quymalar, himoya ko‘zoynagi, elektromagnit maydon ta’siri mintaqasida ishlash uchun metall qo‘shilgan matodan ishlangan kostyum, montyorlar kamari, kaskalar ogohlantiruvchi plakatlar).

Asosiy himoya vositalari deb, izolyasiyasi elektr qurilmalarning ish kuchlanishlariga ishonchli chiday oladigan va ular yordamida kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish mumkin bo‘lgan himoyalash vositalariga aytiladi.

Asosiy himoya vositalari elektr qurilmaning ish kuchlanishiga bog‘liq bo‘lgan kuchlanish ostida sinaladi, bu kuchlanish tarmoqdagi kuchlanishdan uch marta ortiq bo‘lishi lozim.

Asosiy himoya vositalari dielektrik matYeriallardan (plasmassalar, bakelit, chinni ebonit, getinaks, tez quriydigan yog‘och moyi shimdirilgan yog‘och qatlamli plastiklar)tayyorlanadi.

Qo‘shimcha himoya vositalari deb, bYerilgan kuchlanishda tok bilan shikastlanishdan mustaqil holda himoya qila olmaydigan vositalarga aytiladi. Ular kuchlanish ostidagi qismlarga bexos tegib ketishdan, elektr yoyidan va uning yonish mahsulotlari ta’siridan, kuyishdan himoya qilishda yordamchi vosita hisoblanadi (dielektrik qo‘lqoplar, botilar kalishlar, dielektrik rezina gilamchalar, izolyasiyalovchi ostqo‘ymalar).

Qo‘shimcha himoya vositalari ular ishlatiladigan elektr jihozlarining kuchlanishiga bog‘liq bo‘lmagan kuchlanishda sinaladi va ular mo‘ljallangan kuchlanishdan ortiq bo‘lmagan kuchlanishda ishlaydigan elektr uskunalarda foydalanilishi kYerak.

Individual foydalaniladigan himoya vositalari. Bularga ekranlovchi himoya tizimlari, himoya ko‘zoynagi, qo‘lqoplar protivogazlar, saqlash kamarlari va himoya kanatlari kiradi.

— Ekranlovchi himoya tizimlari kishi organizmini elektr maydoni ta’siridan saqlaydi.

— Himoya ko‘zoynaklardan — payvandlash, kavsharlash, asboblarni charxlash, elektrolit bilan ishlashda va akkumulyatorlarga xizmat ko‘rsatishda foydalaniladi.

— Saqlash kamarlaridan – balandlikda, elektr uzatish tizimlarini tayanchlarida ishlaganda foydalaniladi.

— Himoya kanati — qo‘shimcha xavfsizlik chorasi hisoblanib, tasma yoki zanjir yordamida tayanchga o‘rnashib olish mumkin bo‘lmaganda, albatta ulardan foydalaniladi.

Saqlash kamari va himoya kanati yarim yilda bir marta 225 kg kuch bilan 5 minut davomida mexanik mustahkamlikka sinaladi.

4-rasm. Elektrdan himoyalash vositalari:

1- izolyasiyalovchi shtangalar, 2- izolyasiyalovchi omburlar, 3- dielektrik qo‘lqoplar,

4-dielektrik botilar, 5-dielektrik kalishlar, 6-rezina gilamchalar,

7-izolyasiyalovchi ostqo‘ymalar, 8- izolyasiyalangan dastali montyor asboblari,

9- tok o‘lchaydigan omburlar.

5-rasm. Montyor kamari:1- tasma, 2- to‘qa, 3- asbob uyasi, 4- karabin,5- kamar tasmalari, 6- kamar, 7- himoya kanati.

6-rasm. Muvaqqat to‘siqlari:

a – rubilniklar uchun tekstolit, getinakellar dan ishlangan izolyasiyalovchi ust qo‘yma, b – ajratkich pichoqlariga kiygiziladigan rezina qalqop, v – izolyatorlar va simlarni to‘sish uchun osma shirma, g – ko‘chma shchit

18.7-rasm. Shtanganli SH311 ko‘chma yerga ulagichi:

1- simga qo‘yiladigan qisma, 2 – egiluvchan mis simlar, 3 – shtanganning izolyasiyalovchi qismi, 4- cheklovchi halqa, 5 – strubsina, 6 – Yerga ulash simi.

Darsliklar
Elektr xavfsizligi asoslari