Elektr energiyasini tejaydiganlar uchun qanday imtiyozlar mavjud? to’liq malumot oling
Elektr energiyasini tejaydiganlar uchun qanday imtiyozlar mavjud?
O’zbekistonda quyosh elektr stansiyasini o’z hisobidan to’liq o’rnatadigan shaxslar kompensatsiya olishlari (https://lex.uz/pdfs/6972633) mumkin.
Quyosh yoki shamol elektr stantsiyasini o’rnatish uchun kompensatsiya o’rnatilgan quvvatga bog’liq:
0,5 kVtdan 1 kVtgacha-7 BHM (2,380 mln so’m);
1 kVt dan 1,5 kVt gacha-10 BHM (3,400 mln so’m);
1,5 kVtdan 2 kVtgacha-15 BHM (5,100 mln so’m);
2 kVt va undan yuqori quvvatga ega qurilmalar uchun 20 BHM (6,800 mln so’m);
5 kVt va undan yuqori bo‘lganda BHMning 50 barobar (17 mln so‘m).
Shuningdek, iste’molchiga eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirganlik uchun 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi, bunda chegirmali tarifda hisob-kitob qilinadigan elektr energiyasining miqdori iqtisod qilingan energiya hajmiga teng bo‘ladi.
Boshqa mavzular
Elektr energiyasini tejaydiganlar uchun qanday imtiyozlar mavjud?