ELEKTR BILAN DAVOLASH

ELEKTR BILAN DAVOLASH

ELEKTR BILAN DAVOLASH, elektroterapiya — elektr toki, elektr va magnit maydonlaridan davolash hamda profilaktika maqsadida foydalanish; fizioterapiyaning muhim boʻlimi. Elektr bilan davolash faqat vrach buyurganda mustaqil tarzda va boshqalar davo choralari bilan birga qoʻllaniladi. Bemorni davolashda Elektr bilan davolash yordamchi davo usuli hisoblanadi. Bunda past quchlanishli oʻzgarmas elektr toki (q. Galvanizatsiya), oʻzgaruvchan toklar (q. Darsonvalizatsiya, Diatermiya), shuningdek, past chastotali impulsli toklar (q. Induktotermiya), turli chastotali oʻzgaruvchan magnit maydonlar, yuqori chastotali oʻzgaruvchan magnit maydoni va boshqalar qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
ELEKTR BILAN DAVOLASH