eldido haqida eldido biografiyasi

eldido haqida eldido biografiyasi

Eldido guruhi
Eldor Xushvaqtov 1984-yilda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog’ tumanida,
san’atkorlar oilasida tavallud topadi. 1999-yilda Yakkabog’ tumanidagi
2-maktabni tugatib, dizayn yo’nalishi bo’yicha kasb-xunar kollejida
taxsil oladi. 2002-yilda esa xarbiy xizmatini o’tab keladi. San’atni bolaligidan
sevgani uchun 2008-yilda Eldor Toshkent Davlat San’at intstitutining musiqali
teatr aktyorligi bo’limida taxsil oladi.

Doston Xakimov 1990-yilda Andijon viloyatining Shahrixon shahrida tavallud
topadi. 1996-2005 yilgacha 48-maktabda taxsil oladi. Qo’shiq va musiqaga
qiziqishi bo’lgani sabali, 6-sinfdan to 9-sinfigacha Andijon yoshlar markazida
musiqa to’garagida ham musiqa va chang asbobidan taxsil oladi. Deyarli
maktabdagi barcha tadbirlarda qo’shiq kuylab, barchani lol qoldirardi.
2005-2008 yillarda Andijon shahridagi San’at kollejining xor-direjyorlik
fakultetida taxsil oladi. Va nihoyat 2008-yil poytaxtdagi Toshkent Davlat San’at
institutining musiqali teatr aktyorligi fakultetiga o’qishga kiradi.

Dilniyoz Gafarov 1989-yil 1-dekabr kuni Samarqandda, san’atkorlar oilasida
tavallud topdi. U san’atga bo’lgan muhabbati juda ham erta, 2-3-yoshligidanoq
namoyon bo’ladi. Bolaligida u okustik gitarada kuy ijro eta olgan. Mahallasidagi
yoshlar ijodiy markazida o’tkaziladigan tadbirlarda Mahmud Namozovning
o’sha vaqtdagi hit bo’lgan «Chipira dalli dali» qo’shig’ini
xar safar ijro etib berar edi. Xattoki uni mahallada «chipira dalli-dalli»
deb taxallus bilan chaqirishar edi. 1997-yil Samarqand viloyati, Toyloq tumani,
Sochak qishlog’idagi 8-o’rta maktabga boradi. Maktab davrida ham
barcha ko’rik tanlovlarda birinchilikni qo’lga kiritgan. Deyarli
maktabdagi barcha bayram va yig’ilishlarda boshlovchilik qilgan. Maktabdan
so’ng, 2004-yilda Samarqand viloyati Xoji Abdulaziz Abdurasulov nomli
san’at kollejida, drama aktyorlik fakultetida taxsil oladi. 2007-yilda, 19 yoshida
esa o’tkazilgan Respublika ijrochilar ko’rik- tanlovida musiqali
drama aktyorligi yo’nalishi bo’yicha gran-pri soxibi bo’ldi.
2008-yilda esa bu g’oliblik bilan Toshkent Davlat san’at institutiga musiqali
drama aktyorligi fakultetiga imtiyozli ravishda o’qishga qabul qilinadi.
2007-yilda «Tasanno» mukofoti sovrindori bo’ladi. San’atga
bo’lgan qiziqishi ortib, u kursdoshlari Eldorbek Xushvaqtov va Dostonbek
Xakimovlar bilan «Eldido» triosini tashkil etadilar. Bundan tashqari
2011-yildan Dilniyoz Gaffarov bir nechta kinokartinalarda ham o’z maxoratini
sinab ko’radi. Rejissyor Rustam Sa’diyevning «Kelganda kelin-2 yohud
Anjancha muxabbat» filmi uning debyut filmidan hisoblanadi. 2012-yil rejissyor
Sherzod Shoxalilovning «Sevgi farishtasi» kartinasida, talaba yigitning
rolini ijro etadi.

Yulduzlar
eldido