Ekran qulfi parolini unutgan bo‘lsangiz, smartfonni qanday ochish mumkin?

Ekran qulfi parolini unutgan bo‘lsangiz, smartfonni qanday ochish mumkin?
ekran qulfi parolini unutgan bolsangiz smartfonni qanday ochish mumkin 65cb1b6ebe034

photo 2020 11 21 22 41 27

Ekran qulfi parolini unutgan bo‘lsangiz, smartfonni qanday ochish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Ekran qulfi parolini unutgan bo‘lsangiz, smartfonni qanday ochish mumkin?

Anchadan buyon foydalanilmayotgan smartfonda yoki boshqa vaziyatlarda ekran qulfi paroli esdan chiqib qolishi mumkin.
Ko‘pchilikni qiziqtirgan savol esa: shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirmasdan, ekran qulfini ochish mumkinmi?
Ha, mumkin. Agarda quyida ko‘rsatilgan funksiyalarni oldindan sozlagan bo‘lsangiz. Aks holda barcha ma’lumotlaringizni o‘chirish usulidan foydalanishingizga to‘g‘ri keladi.

(Mutaxassis, maxsiy uskuna yordamida ma’lumotlaringizni o‘chirmasdan parolni ochishi ham mumkin. Lekin hamma smartfonlarda ham emas)

1. Smart Lock funksiyasidan foydalaning
Smart Lock funksiyasi ma’lum bir shart bajarilganda, ekranni avtomatik ravishda qulfdan chiqaradi. Masalan, agar smartfon uyingizda bo‘lganda yoki boshqa qurilmangiz (aqlli soat, kolonka) unga Bluetooth orqali ulangan bo‘lsa.
Smart Lock texnologiyasi (aqlli bloklash): bu nima va u qanday ishlaydi?

(https://t.me/gsmgurus_FAQ/937)Agarda funksiyani oldindan faollashtirgan va qulfni ochish shartini tanlagan bo‘lsangiz ushbu imkoniyatdan foydalanishingiz mumkin.

2. Smartfon ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan xizmatdan foydalaning
Ba’zi ishlab chiqaruvchilar o‘z qurilmalari egalariga qo‘shimcha qulfni ochish vositalarini taqdim qilishgan. Masalan, Samsung smartfonlarida Find My Mobile (https://findmymobile.samsung.com/) (https://findmymobile.samsung.com/) xizmati, ekran qulfi parolini olib tashlashga imkon beradi. Buning uchun smartfoningizda Samsung hisob qaydnomasi (akkaunt) yaratilgan bo‘lishi, xizmatni qo‘llab-quvvatlashi va internetga ulangan (onlayn) bo‘lishi kerak.

Bilishimcha, Samsung dan boshqa ishlab chiqaruvchilarda bu kabi xizmat hozircha yo‘q.

Agarda yuqorida ko‘satilgan usullar yordam bermasa yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni (kontakt, rasm-video va h.k.z) saqlab qolishga zaruriyat yo‘q bo‘lsa, smartfon tizimi sozlamalarini zavod parametrlariga to‘liq tiklash (https://t.me/gsmgurus_FAQ/915) orqali parolni o‘chirish mumkin.
Maxsus tugmalar orqali smartfon sozlamalarni zavod parametrlariga to‘liq tiklash va ma’lumotlarni to‘liq o‘chirish
(https://t.me/gsmgurus_FAQ/26)
Cmartfon zavod parametrlariga qaytgandan so‘ng, ilgari aynan shu qurilmaga ulangan Google hisobi (akkaunt) login va parolni so‘rashi mumkin (eslay olmasangiz, mutaxassisga murojaat qilasiz).
Esdan chiqqan akkauntlar login va parolini qanday tiklash mumkin

(https://t.me/gsmgurus_FAQ/667)Ba’zi smartfonlarda (Meizu, Vivo, Realme) maxsus tugmalar orqali zavod parametrlariga to‘liq tiklashda ham parol so‘raladi.

Ekran qulfi parolini unutgan bo‘lsangiz, smartfonni qanday ochish mumkin?