Ekologik ta’lim tarbiya

Ekologik ta’lim tarbiya
ekologik talim tarbiya 65ca879a8932a

page 2 2

Ekologik ta’lim tarbiya

Mundarija скрыть
Ekologik ta’lim tarbiya
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Ekologik ta’lim va tarbiya
Reja:
  1. Ekologik ta’lim-tarbiyannig mohiyati.
  2. Ekologik tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
  3. Ekologik ta’lim-tarbiyaning yunalishlari.
  4. Ekologik ta’lim-tarbiyani o’quv muaassalarida olib borish.
      
  1. Ekologik ta’lim-tarbiyannig mohiyati. O’zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan chiqarilgan ko’p qarorlarda tabiat muhofazasiga oid ishlarni kengaytirish va takomillashtirish hamda bu soha bo’yicha mutaxassislarni fan-texnika taraqqiyoti talabiga javob beradigan darajada tayyorlash ko’zda tutiladi. Bu muammolarning hal bo’lish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yangi bosqichga ko’tarishda koinotning bir qismi bo’lmish ona tabiatimizni saqlash, uning tabiiy boyliklaridan rejali va tejamkorlik bilan foydalanish, tirik jonzotlar; shu jumladan, inson uchun toza havo, suv va tuproq, o’simlik va hayvonlarning yashash muhitini saqlashda kerak.
Mamlakatimizda fan-texnika, ishlab chiqarishda moddiy va ma’naviy kuchlarning rivojlanishi uchun ma’lumotli ekolog tarbiyachilar, ekolog-pedagoglar, ekolog-texnologlar, ekolog-injener, ekolog-instruktorlarning bo’lishi hozirgi zamon talabi bo’lib qoldi.
Xalq xo’jaligining turli sohalari o’yicha ma’lumotli, tajribali ekolog-agroximik, ekolog-entomolog, ekolog-agrobiologlar kerak bo’lib, ular ish jarayonida kelib chiqadigan har xil muammolarni echish borasida ekologik chora-tadbirlarni qo’llab, atrof muhit muhofazasiga oid ekologik ta’lim-tarbiya oila, bog’chalar, maktablar, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari, turli korxonlar, tashkilotlarda uzluksiz olib borilishi kerak. Natijada o’rta va oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan hamjihatlikda qishloq xo’jalik, turli yo’nalishdagi og’ir va engil sanoat korxonalari, transport xo’jaliklarida ekologik tozalikka rioya qilgan holda ish olib boradilar.
Kelajakda etishib chiqadigan turli sohadagi ekologlar zamonaviy fanlardan ma’lumot oladilar, fan-texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bog’cha, maktab, korxonalarda ishlab chiqarish tajribasini  o’tib, o’zlarining amaliy qobiliyatlarini oshiradilar. Yuqori darajali yosh mutaxassislar bo’lib, tabiat va jamiyat qonunlarini mukammal o’rganib, atrof muhit muhofazasini ijobiy hal etadilar.
Ekologik ta’lim-tarbiyaning nazariy asosi – atrof muhit muhofazasiga oid ta’limni bog’cha, maktab, katta-kichik o’quv yurtlari, oliy o’quv yurtlarida ma’lum o’quv reja va dasturlari asosida olib borish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Yig’ilgan tajribalar umumlashtirilib, bir pedagogik shaklda keltirilib, o’quv dasturi, darsliklar tuziladi.
  1. Ekologik tarbiyaning maqsadi va vazifalari. Ekologik ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifa va maqsadlari insonni tabiat bilan va unda sodir bo’layotgan voqeliklar bilan qiziqtirish, inson, tabiat o’rtasidagi muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, echish yo’llari, chora-tadbirlarini topish yetarli ekologik bilimlarga ega bo’lgan holda atrof muhit muhofazasini amalga oshirishdir. Ekologik ta’lim tarbiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
  2. jamiyat va tabiatning rivojlanish qonunlari; ular o’rtasidagi munosabatlarni chuqur o’rgatish va zamonaviy fikrlay oladigan shaxsni tayyorlash;
  3. ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish va ishlab chiqarish kuchlarini yo’naltirishda turli tabiiy hududlarning ekologik holatini biladigan va kelajakning ekologik rejasini tuzadigan avlodni tayyorlash;
  4. har bir inson, jamiyat va jamiyat ichidagi turli guruhlar, toifalar, sinflarning o’zlari yashab turgan tabiat, uning boyliklarni saqlashga xizmat qiladigan yoshlarni etishtirish;
  5. jamiyat a’zolariga o’zlarining ijtimoiy, madaniy, diniy qarashlari va urf-odatlarini rivojlantirishda yashab turgan joy, vodiy, adirlar, tog’larning go’zalligi, ularning inson xayoti va saloamatligidagi ahamiyatini tushuntirish ishlarini olib borish.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirishda bog’cha tarbiyachilari, maktab va o’quv yutrlari o’quvchilari, turli o’yinlar, kinotfilmlar orqali tabiiy va ijtimoiy fanlarni o’tishda o’zlari yashab turgan joydagi tabiiy voqelik va ekologik holatlarga bog’lab, ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishi xamda darslar o’tishi kerak.
Shunday ishlar amalga oshirilganda har bog’cha bolasi, maktab o’quvchisi va talabalar o’simlikning qurishi, qushning ucholmasligi, adir yoki to’qayning yonishi, suvning befoyda oqishiga befarq bo’lmaydi. Tabiat, uning jonzotlariga, o’zi ichadigan suvga nisbatan joni achiydi,  ahvolni yaxshilash uchun ichki intilish tuyg’usi vujudga keladi. Bu esa insondagi yangi biologik kuchdir. Uning yangi aql-zakovatining inqilobi, ekologik ta’lim-tarbiyaning g’alabasi bo’ladi.
Ekologik ta’lim asosida inson, jamiyat a’zolarini tabiat va uning boyliklarini saqlash, tejamkorlik bilan foydalanishda to’g’ri va oqilona yo’l tutishi, amaliy ishlarni muhit muammolarini echishga bag’ishlashi, shaxsning ekologik ta’limoti, tarbiyasi va madaniyatiga befarqdir.
  1. Ekologik ta’lim-tarbiyaning yunalishlari. Ekologiyaning ta’lim-tarbiyaning asosiy yo’nalishlaridan biri jumhuriyatimizda tabiatni saqlash, uning turli boyliklaridan tejamkorlik bilan foydalanish borasida uzluksiz ekologik ta’limni tashkil qilish va shu sohaga oid umumiy ta’limni bog’chadan tortib turli korxonalarning xizmatchilari, rahbarlari orasida olib borishdan iborat.
Бунинг учун қуйидаги ишларни амалга ошириш шарт:
  1. Tabiat muhofazasiga oid ekologik ta’lim-tarbiyani kuchaytirish va to’g’ri yo’lga qo’yish uchun pedagogik tajribalar, kuzatishlar olib borish bilan bir qatorda o’quv darsliklarini yaratish, etarli darajadagi yuqori ma’lumotli mutaxasislar tayyorlash shart;
  2. Ekologik ta’lim-tarbiyani hamma joyda aholining turli guruhlari o’rtasida uzluksiz olib borish, o’quvchilarga tabiatga mehr-muhabbat uyg’otish, ularning malakalarini oshirish, tabiiy boyliklarni saqlash, tejash borasida yoshlarni ekologik iqtisodchi qilib yetishtirish kerak;
  3. Voqelikni o’rganish, muhitni muhofaza qilish borasida bog’cha, maktab bolalaridan toritib, yuqori yoshdagi rahbarlarda ekologik ta’lim-tarbiyaga nisbatan chidam, bartosh, toqat ko’nikmalar hosil qilib, ularga atrof-muhitga oid ta’lim beradigan qisqa va ko’p yillik kurslarni tashkil qilish shart;
  4. Ekologik ta’lim-tarbiya olgan kishilar o’zlari yashab turgan joylarning ekologik holatidan xabardor bo’lishlari, yoshlarga o’rgatishlari, tabiatda biror-bir ekologik o’zgarish sodir bo’lsa, kerakli tashkilotlarga xabar berish yo’llarini bilishlari kerak.
  5. Ekologik ta’lim-tarbiyani o’quv muaassalarida olib borish. Ekologik ta’lim-tarbiyani bog’chalar va maktablarda olib borish yo’llari. Tabiat, uning go’zalligi va tabiiy boyliklarni saqlash borasidagi ishlarni oila, bog’cha bolalari va maktab o’quvchilari orasida olib borishdan boshlab, yosh va o’sib kelayotgan avlodni atrof muhit, undagi o’simlik, hayvon, suv va tuproqqa mehr-shafqatli, ularni asraydigan, boyitadigan jonkuyar qilib tarbiyalash kerak.
  6. Shu maqsadlarga erishish uchun bog’cha bolalarini maxsus «Ekologik ta’lim-tarbiya metodikasi», «Tabiat bilan tanishish» kabi dasturlar asosida tarbiyalash hamda turli o’yinlar vositasi bilan tabiatga oid ekologik ta’lim elementlarini bolalar ongiga singdirish kerak;
  7. Bolalarda tabiatga nisbatan mehr-muxabbat uyg’otish borasida olib boriladigan ishlar maxsus metodik qo’llanmalar, tavsiyalar, «Atrofimizdagi olam», «Atrofimizdagi tabiat», «Tabiatshunoslik» kabi o’quv-o’yin materiallari asosida oddiy, sodda va tushunarli formalarda olib borilishi kerak;
  8. Bolalarga atrof muhit borasida ekologik ta’lim-tarbiya beradigan tarbiyachi va metodistlarning o’zlari maxsus kurslarni tamomlagan, tajribali mutaxasislar bo’lishlari shart;
  9. «Ekologik ta’lim va tabiya uslubi» dasturi asosida tarbiyachilarni qayta tayyorlash kurslari, leksiyalar, tajriba almashish seminarlari tashkil qilib, xizmatchilarning bilim va saviyalari, ishlash qobiliyatlarini oshirish kerak;
  10. Maktablarda «Atrofimizdagi olam», «Tabiatshunoslik» o’quv kitoblari asosida «atrof muhit», «tabiat», «atrof muhit muhofazasi», «ekologiya», «ekologiya ziddiyatlari» kabi tushunchalar botanika, zoologiya, adabiyot, kimyo, fizika va ayniqsa, «Umumiy biologiya» fanlarini o’tishda alohida o’rin olishi kerak;
  11. Maktab o’quvchilarini tabiat, agrotsenozlarga, ekskurssiyalarga olib chiqishda atrof muhit holati, uning muxofazasi alohida o’rin olishi, o’quvchilar shu ekskursiya davomida o’zlari yashayotgan joyning tabiati, uning ekologik holati, unga ta’sir qilayotgan salbiy va ijobiy omillar, tabiat boyliklarini saqlash va boyitish borasida chora-tadbirlar ko’ra bilish bo’yicha bilim, ko’nikmalar va fikrlash qobiliyatiga ega bo’lib, ekskursiyadan qaytishlari kerak;
  12. Maktab va litsey o’quvchilari «yosh tabiatshunoslar», «Yashil patrullar» «Jonivorlarni asrovchi jonkuyarlar», «Ona-er patrullari», «Toza havo», «Moviy suv» patrullari, sog’lomlashtirish lanerida tuzilgan «Tabiat va fantaziya», «Yosh fenologlar», «Tabiatni muhofaza qilish» kabi to’garaklarda maxsus tayyorlagan «Yosh ekologlar», «Tabiatni muxofaza qilish» kabi to’garaklarni maxsus tayyorlagan «Yosh ekologlar» o’quv dasturi asosida atrof muhit muammolarini har tomonlama o’rganib borishlari kerak;
XXI — asr ekologiya asri bo’lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz tabiatiga ziyon etkazmasdan o’zgartirish, tabiiy boyliklaridan okilona foydalanish va yashash muhitini saqlashdek muqaddas ishga o’zining munosib hissasini qo’shishi lozimdir.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
  1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraaqqiyot kafolatlari. -T.: O’zbekiston, 1997.
  2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. -T.: O’qituvchi, 1991.
  3. Novikov Yu.I. Oxrana okrujayuey sredi. –M.: Vishaya shkola, 19987.
  4. Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O’zbekiston, 1993.
  5. Tursunov X.T. Ekoloiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Saodat RIA, 1997.
  6. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Yangi asr avlodi, 2005.
  7. To’xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: O’qituvchi, 1995.
  8. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera.-T.: O’qituvchi, 1995.
  9. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. –Qarshi: Nasaf, 2003.
  10. To’xtaev A. Ekologiya.-T.: O’qituvchi, 1998.

Ekologik ta’lim tarbiya