EGIZAKLARGA ISM TANLASHDA NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK? to’liq malumot oling
Avvalo, farzandning tug‘ilishi uning yaqinlariga olam-olam quvonch olib keladi. Agar egizak farzand tug‘ilsa, ikki hissa xursandchilik bo‘ladi. Egizak so‘zi «ikki» degan ma’noni anglatishiga qaramay, ikkidan ortiq tug‘ilgan farzandlarga nisabatan ham egizak atamasi qo‘llaniladi. Odatda ular 2, 3, 4, 5 va undan ham ortiq bo‘lishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalarida egizaklar haqida ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlarga duch kelish mumkin. Xusuan, o‘tgan asrning 70-yil gazetalarda tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, 35 yoshli italiyalik (Rim shahri) ayol Loredana Petrani olti egizak (uch o‘g‘il, uch qiz) bilan ko‘zi yorigan. Bolalar kichik, ammo sog‘lom holatda dunyoga kelgan. Bu ayolning o‘n bir yillik farzandsizlikdan so‘ng ilk bor farzand ko‘rishi ekanligi qayd etilgan.
Shuningdek, dunyoda eng ko‘p egizaklar tug‘iladigan hudud Afrika hisoblanadi. Yaponiyada esa egizaklarning tug‘ilishi eng kam tarqalgan.
Bundan tashqari, yurtimizda ham bir vaqtda 2, 3 va 4 nafar farzandning dunyoga kelishi uchrab turadi. Joriy yilning 25 yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumani 4 egizak (ikki o‘g‘il, ikki qiz) dunyoga kelgan. https://t.me/qibraytumaniaxborotxizmati/14329
Mamlakatimizda egizak farzandlarga Hasan-Husan, Fotima-Zuhra deb ism berish odat tusiga kirgan. Ko‘pchilik kishilar egizaklarga aynan shunday ism qo‘yish Islomdagi sunnat amallardan ekanligini ta’kidlashadi. Aslida ham shundaymi?
Fotima-Zuhra ismi aslida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qizlari Fotimai Zahro roziyallohu anhuning ismlaridan kelib chiqqan. Bu Fotima onamizning ism va sifatlaridir. Ya’ni Zahro bu yuzidan nur taraluvchi, yorqin, go‘zal degan ma’noni anglatadi va Fotima Zahro degani “Nur yuzli Fotima xonim” degan ma’noni bildiradi
Hasan-Husan ismlarining to‘g‘ri shakli esa Hasan va Husayn hisoblanadi. Yuqorida so‘z yuritganimiz, Fotima onamizning katta o‘g‘illarining ismi Hasan, kichigini ismi esa Husayn bo‘lgan. Ularning oralarida bir yosh farq bo‘lgan, ular egizak emas. Demak Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning egizak qizlari yoki egizak nabiralari bo‘lgan emas. Shuningdek, tug‘ilgan egizak farzandlarga Hasan-Husan (Husayn), Fotima-Zuhra (Zahro) deb ism berish sunnat amal emas. Biroq tug‘ilgan qizlarning Fotima onamizdek sifatlarga ega bo‘lishini, o‘g‘il egizaklarning Hasan va Husayn roziyallohu anhumdek xalqqa namuna bo‘ladigan insonlar bo‘lishini niyat qilib, ularning ismini qo‘yishdan qaytarilmaydi. Shunchaki bunday nomlash sunnat amal emas, ixtiyoriy ekanligi ta’kidlanadi, xolos.
bolalarolami.uz
Boshqa mavzular
EGIZAKLARGA ISM TANLASHDA NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK?