EFIR MOYLARI

EFIR MOYLARI

EFIR MOYLARI — uglevodorodlar, terpenlar, spirtlar, fenollar, aldegidlar, murakkab efirlar hamda baʼzi geterotsiklik birikmalar aralashmasidan tashkil topgan uchuvchan suyuq moddalar. Efir moylari koʻpgina oʻsimliklar tarkibida boʻlib, ularga hid beradi. Spirt, efir va benzolda eriydi, aksariyati suvda oz eriydi, baʼzilari esa umuman erimaydi.

Ensiklopediya.uz
EFIR MOYLARI