ECHMIADZIN

ECHMIADZIN

ECHMIADZIN (1945-yilgacha Vagarshapat) — Armanistondagi shahar, Ararat tekisligida, Echmiadzin t. y. stansiyasidan 15 km, Yerevandan 20 km. Aholisi 60,5 ming kishi (1998). Shahar mil. av. 2-asrdan Vardkesavan nomi bilan maʼlum. 2-asrning 2-yarmi — 4-asrlarda Armanistonning poytaxti. Mashinasozlik, kimyo (plastmassa z-di), oziq-ovqat (vino kti, konserva z-di) sanoatlari mavjud. Oʻlkashunoslik muzeyi, Armaniston davlat kartinalar galereyasining filiali, arman shoiri I. M. Ioannisyan uymuzeyi va boshqalar muzeylar bor. Meʼmoriy va tarixiy yodgorliklardan Sobor (303-yil, 5 va 7-asrlarda qayta qurilgan) va uning qoʻngʻiroqxonasi (17-asr), cherkovlar saklangan. Echmiadzin yonida armangrigorian cherkovi markazi hamda katolikos rezidensiyasi joylashgan. Monastir majmuasida mehmonxona (18-asr), katolikos uyi (18-asrning 1-yarmi), maktab (1813), tosh hovuz (1846) va boshqalar bor. Echmiadzin yonida Zvartnos ibodatxonasi xarobalari (641—661) mavjud. Sobor ichida oʻrta asr dekorativ sanʼatining noyob kolleksiyasi asarlari namoyish etilgan muzey bor. Turizm rivojlangan.

Ensiklopediya.uz
ECHMIADZIN