DZAVATTINI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DZAVATTINI haqida malumot bilib oling.

DZAVATTINI (Zavattini) Chezare (1902.20.9, Ludzara — 1989) — italyan kinosanʼatida neorealizm asoschisi, yozuvchi, ssenariychi va kino nazariyotchisi. Ijodi 1928-y. dan boshlangan. «Hozircha mening haqimda gaplashaylik», «Men shaytonman», «Mehribon Toto» romanlari mashhur. «Men million beraman», «Shusha», «Velosiped oʻgʻrilari», «Umberto Dzavattini», «Tom», «Milandagi moʻjiza», «Italyancha nikoh», «Kungaboqarlar» kabi ssenariylari bilan shuhrat qozongan. Uning 40 dan or-tiq ssenariylari rej. De Sika tomonidan ekranlashtirilgan. Kuba milliy kinematografiyasining vujudga kelishida ham Dzavattinining xizmati katta.

Ensiklopediya.uz
DZAVATTINI