
DYURER haqida malumot bilib oling.
DYURER (Durer) Albrext (1471.21.5 — Nyurnberg — 1528.6.4) — nemis rangtasviri ustasi, grafik rassomi, oʻymakor naqqoshi (gravyor), sanʼat nazari-yotchisi; nemis Uygonish davri sanʼa-tining asoschisi. Zargarlik sanʼatini otasidan urgangan; M. Volgemut ustaxonasida rangtasvirdan taʼlim olgan (1486—89). Dastlab sunggi gotika uslu-bida gravyuralar, kitoblarga rasmlar ishlagan. Italiya safarlari (1494—95 va 1505—07) taʼsirida ijodida in-sonparvarlik gʻoyalari kuchaygan, badiiy bilishda ilmiy asoslangan uslublarga tayangan, naturadan rasm ishlashga alohida eʼtibor bergan («Kul buyidagi uycha», taxm. 1495—97 va b.). Umum-jahon tarixiy uzgarishlarini kutili-shi ifodalangan «Apokalipsis» gravyuralar turkumi (1498)da rassomning badiiy ifoda vositasida sunggi nemis gotikasi bilan italiya rassomlik uslublari uygʻunligi, kompozitsiya tugalli-gi, obraz anikligi kuzga tashlanadi. Kuplab portretlar, avtoportretlarida insonni shaxs sifatida tasvirlagan («Avtoportret», 1498; «Yosh yigit portreti», 1521 va b.); rasmlar (900 dan ortiq) va gravyuralar yaratish sohasida koʻp ijod qilgan («Odam Ato va Momo Havo», 1504; «Oila bayrami», 1506; «Toʻrt havoriy», 1526 va b.). Sanʼat nazariyotchisi sifatida ilmiy-nazariy sohada samarali mehnat qilgan. «Oʻlchov olish uchun qoʻllanma» (1525), «Inson tanasi nisbatlari haqida toʻrt kitob» (1528) va b. asarlarida uning ijodiga xos aniqlik, borliqni bilishga boʻlgan kuchli ishtiyoq namoyon boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
DYURER