DYURALYUMINIY haqida malumot bilib oling.
DYURALYUMINIY, duralyuminiy, dyural (nem. Durek — alyuminiy va kotishmalar ishlab chiqarish boshlangan birinchi shahar nomidan) — alyuminiyning mis (2,2—5,2%), magniy (0,2—2,7%) va marganes (0,2 — 1,0%)li qotishmasi. 500° ga yaqin t-ragacha qizdirilgandan keyin suvda toblanadi va tabiiy yoki sunʼiy tarzda chiniqtirib mustahkamlanadi. Dyuralyuminiy transport va aviatsiya mashinasozligida kons-truksion material sifatida keng ishlatiladi. Dyuralyuminiyning korroziyalanish (zanglash) xossasi yuqori boʻlmaganligi sababli, ulardan tayyorlangan listlarga toza alyuminiyning yupqa qatlami koplanadi.
Ensiklopediya.uz
DYURALYUMINIY