DUYUNOVA Vera Illarionovna haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUYUNOVA Vera Illarionovna haqida malumot bilib oling.

DUYUNOVA Vera Illarionovna (1945.11.4, Krasnodar) — voleybolchi, ikki karra olimpiada chempioni. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (1995), xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1968). ToshDU jurnalistika f-tini tugatgan (1975). 1965—78 y. larda «Avtomobilist» (Toshkent) voleybol jamoasi hamda Oʻzbekiston voleybol terma jamoasi oʻyinchisi. Olimpiada oʻyinlarida 2-marta oltin medal b-n taqdirlangan (1968, Mexiko; 1972, Myunxen). Jahon chempioni (1970, Bolgariya), Jahon kubogining (Urugvay) va Butunjahon universiadasining gʻolibi (Moskva, 1973). Jahon birinchiligining kumush medal sovrindori (Meksika, 1974). 1982-y. dan Toshkentdagi 6-bolalar va oʻsmirlar olimpiya oʻrinbosarlari sport maktabi direktori. I darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Ensiklopediya.uz
DUYUNOVA Vera Illarionovna