DURRONIYLAR DAVLATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DURRONIYLAR DAVLATI haqida malumot bilib oling.

DURRONIYLAR DAVLATI — dastlabki mustaqil afgʻon davlati (1747 — 1818). Asoschisi — Ahmadshoh Durroniy. Nodirshoh saltanati yemirilgach paydo boʻlgan. 1761-y. ga kelib, Durroniylar davlatiga sharqdan Panjob, Kashmir, Sind va Belujiston, gʻarbdan Xuroson va Sharqiy Seiston, shim. dan Jan. Turkiston (Balx, Badaxshon va b.) kirgan. Bu davrda Afgʻoniston shaharlarining iqtisodi, madaniyati rivojlandi. Tranzit savdo koʻpaydi, Hindiston va Erondan asir olingan hunarmandlar keltirildi. Poytaxti — Qandahor sh. (1773/74 y. gacha). Temurshoh (1773—93) esa poytaxtni Kobulga koʻchirdi. Durroniy shoxlari saroyida Hofiz Rahmatxon, Abdulhamid, Afzalxon Xattak kabi yetuk shoirlar ijod qilgan. Afgʻon qabila xonlarining yirik mulkdorlarga aylanishi mamlakat birligi uchun qattiq zarba bh. |di. Ahmadshohning nevarasi Zamonshoh (1793—1801) mulkdorlarning oʻzaro urushlari, sardOrlarning beboshligiga chek qoʻyishga urinsada, unga erisholmadi. Panjob va Jan. Turkistonda qoʻzgʻolonlar koʻtarilib (1768, 1779, 1789), mustaqil amirliklar (Hirot, Kobul, Qandahor, Peshavor va b.) vujudga keldi (1818).

Ensiklopediya.uz
DURRONIYLAR DAVLATI