
DURMUSOGLU Yefimos Xurmuzos haqida malumot bilib oling.
DURMUSOGLU Yefimos Xurmuzos (1917.7.11, Gretsiya – 1976.31.12, Toshkent) — kinorej, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1955). «Oʻzbekfilm»da (1956—65), Oʻzbekiston ilmiy ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida (1965—76) rej. Filmlari: «Vatanim, seni oʻylab», «Choʻl ha-qida qissa», «Quyoshli Oʻzbekiston», «Vengriyadagi uchrashuvlar», «Oʻzbeki-stonning oʻsimlik va hayvonot dunyosi» va b.
Ensiklopediya.uz
DURMUSOGLU Yefimos Xurmuzos