DURDA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DURDA haqida malumot bilib oling.

DURDA — 1) sariyogʻ eritilganda hosil boʻladigan quyqa jizza;

2) sariyogʻga qatiq qoʻshib tayyorlanadigan tamaddi; sariyogʻni past olovda qizdirib, unga qatiq va tuz solib qaynatiladi. Tayyor boʻlgach, durdaning ustki qismi tilla rangda qumoq-qumoq boʻlib qoladi, tagida esa jigarrang jizza hosil boʻladi. Durda nordonroq, yoqimli va mazali boʻlib, nonga qoʻshib isteʼmol qilinadi, baʼzida taomlarga ham qoʻshiladi.

Ensiklopediya.uz
DURDA