DUPLEKS JARAYON haqida malumot bilib oling.
DUPLEKS JARAYON (metallurgiyada) — ketma-ket joylashgan ikki eritish agregatida poʻlat olish usuli. Konvertermarten pechi, konverter-elektr pechi, induksion vakuum pechi-vakkumli yoy pechi Dupleks jarayonga misol boʻla oladi. Sifatli poʻlat olish uchun av-val choʻyan konverterda (bessemer yoki tomas konverterida) poʻlatga aylantiriladi, suyuq poʻlat marten pechiga quyilib, oltingugurt, fosfordan tozalanadi va kimyoviy tarkibi yaxshilanadi. Dupleks jarayon bolgʻalanuvchan choʻyan olish va kulrang choʻyandan sifatli quymalar tayyorlash uchun ham ishlatiladi. Bunda choʻyan avval vagrankaaa eritilib, soʻngra alangali pech yoki elektr pechda qizdirib ishlov berish yoʻli bilan qiyomiga yetkaziladi.
Ensiklopediya.uz
DUPLEKS JARAYON