DUOYI BAD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUOYI BAD haqida malumot bilib oling.

DUOYI BAD (fors — qargʻish) — kimnidir qargʻab, uning zarariga qilingan duo. Mas, ota-ona qargʻishi, maz-lum qargʻishi va h. k. Xadisi sharifda ota-ona, musofir va mazlum (zulm qilingan)larning duolari shaksiz qabul qilinishi taʼkidlangan. Duoyi badning ziddi — duoyi xayrdir. Duoyi xayrda kimnidir alqab yoki olqishlab, uning haqqiga qilingan duo tushuniladi. Paygʻambarlardan Nuh (as) oʻz qavmlarini Duoyi bad qilganlar. Natijada ularga Alloh taolo toʻfon balosini yuborgan. Islom dinida Duoyi bad qilish tavsiya etilmaydi. Bir inson yoki hatto farzand yomonlik qilib, koʻp zarar keltirgan taqdirda ham, ularning shaʼniga faqat duoyi xayr qilib, yaratgandan ularga insoftavfiq soʻrashlik ulugʻ insoniy fazilatlardan ekanligi uqtiriladi.

Ensiklopediya.uz
DUOYI BAD