DUOXONLIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUOXONLIK haqida malumot bilib oling.

DUOXONLIKduo oʻqish, dam solish bilan shugʻullanish. Islom anʼanalari boʻyicha Qurʼoni karim va xadisi shariflarda koʻrsatilgan muayyan duolar oʻqib turiladi. Ayni vaqtda man-tiqsiz, poyma-poy soʻzlarni oʻzicha oʻqib dam solish hollari ham uchraydi. Islom dini nuqtayi nazaridan bulardan birinchisi ruxsat etilgan boʻlib, uni toʻgʻri oʻqib, koʻrsatilgan tartibda ijro etish mumkin; ikkinchisi esa mutlaqo man etiladi va u bilan shugʻullanish firibgarlik, aldamchilik va gunoh hisoblanadi. Umuman Duoxonlik kasbi bilan kifoyalanib, jismoniy yoki akliy mehnat bilan shugʻullanmaslik sharʼan salbiy xususiyatlardan biridir (yana q. Azayimxonlik).

Ensiklopediya.uz
DUOXONLIK