Dunyoning eng yirik banklari reytingi

Dunyoning eng yirik banklari reytingi
dunyoning eng yirik banklari reytingi 65cad0174c3b6

photo 2021 07 04 23 10 13

Dunyoning eng yirik banklari reytingi

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyoning eng yirik banklari reytingi

Britaniyaning The Banker jurnali dunyoning eng yirik 1000ta banki reytingini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Ularning birgalikdagi:
— kapitali — $9,9 trln;
— aktivlari — $148,6 trlnni tashkil etadi.

Xitoyning 144ta banki dunyoning eng yirik 1000ta banki reytingidan o‘rin olgan bo‘lib, ularning umumiy kapitali $2,96 trlnni tashkil etadi. Bu esa reytingda 178ta banki joylashgan AQShdan ($1,58 trln) qariyb ikki baravarga ko‘p.

Reytingdagi dastlabki to‘rtta o‘rin Xitoyning ICBC, China Construction Bank, Agricultural Bank of China va Bank of China banklariga tegishli.

Beshinchi va oltinchi o‘rinlarda AQShning JP Morgan Chase va Bank of America banklari, yettinchi o‘rinda esa AQShning yana bir banki Citigroup joylashgan.

Britaniyaning HSBC banki sakkizinchi, AQShning Wells Fargo banki to‘qqizinchi va Yaponiyaning Mitsubishi UFJ Group banki o‘ninchi o‘rinni egallagan.

@NarxiQancha | Manba (https://aniq.uz/uz/yangiliklar/dunyoning-eng-yirik-banklari-reytingi-elon-qilindi)

Dunyoning eng yirik banklari reytingi