Dunyodagi eng tezkor Fleshka ixtiro qilindi

Dunyodagi eng tezkor Fleshka ixtiro qilindi

Fleshkalar kompyuter yoki boshqa elektron qurilmalarga ulanishi mumkin bo’lgan kichik, ko’chma xotira qurilmasi hisoblanadi. Hujjatlar, fotosuratlar, videolar va musiqa kabi ma’lumotlarni saqlash uchun flesh xotira texnologiyasidan foydalaniladi.

image 29
Dunyodagi eng tezkor Fleshka ixtiro qilindi 3

Kingston Technology” kompaniyasi 1 va 2 Tb hajmga ega “DataTraveler Ultimate” seriyasidagi fleshkalarni taqdim qildi. Kompaniya bu fleshkalarni dunyodagi eng katta xotiraga ega deb atamoqda. Fleshka ma’lumotlarni saqlash uchun juda katta hajm berishi bilan uning o‘lchamlari bor-yo‘g‘i 72 x 27 x 21 mm ni tashkil qiladi.

USB Flash drive (,,fleshka”) – kompyuter uchun tashqi axborot va ma’lumotlarni tashuvchi qurilma turi hisoblanadi. Fleshka turli ko’rinishda bo’lib, asosiy farqi dizayni, sig’imi, interfeys turi va qo’shimcha imkoniyatlaridadir. Sig’im jihatdan fleshkalar xilma-xil.

Fleshkalarni kompyuterga ulash uchun ma’lumotlar bilan tez ishlashga mo‘ljallangan USB 3.1 qo‘llaniladi. Yangi fleshkalarning korpusi yuqori mustahkamlikka ega rux qotishmasidan tayyorlangan. Fleshkaning boshlang’ich narxi 48$ deb baholangan. Albatta bu fleshkalarni nafaqat dunyodagi eng katta hajmli xotiraga ega, balki eng qimmat fleshkalar ham bo‘lishini taxmin qilsa bo‘ladi.

Texnologiyalar
Dunyodagi eng tezkor Fleshka ixtiro qilindi