Dunyodagi eng qimmat futbol stadioni to’liq malumot oling
Dunyodagi eng qimmat futbol stadioni
Dunyodagi eng qimmat futbol stadioni 2007-yilda uzoq davom etgan ta’mirdan so’ng ochilgan Londonning «Uembli» stadioni bo’lib qolmoqda. Bu gigant 90.000 tomoshabinni sig’dira oladi. Bu yerda Angliya futbol jamoasi o’z uy o’yinlarini o’tkazadi. «Uembli»ni qayta ta’mirlash qiymati, ya’ni aslida bitta tarixiy devor saqlanib qolgan eski joyda yangi stadion qurilishi Angliya budjetiga 798 million funt sterlingga tushdi. O’sha yildagi kurs bo’yicha bu taxminan 1,59 milliard dollarni tashkil etdi. Biroq bu summaga stadionga tutash bir qancha mahallalarni qayta ta’mirlashga ham kiritilgan. Demak, stadionni alohida inshoot sifatida qurishning haqiqiy narxini hech qachon bilishimiz dargumon.
Narx-Navo
Dunyodagi eng qimmat futbol stadioni