Dunyodagi eng muvaffaqiyatli 5 ta startap

Dunyodagi eng muvaffaqiyatli 5 ta startap

Dunyodagi eng muvaffaqiyatli 5 ta startap

O’z loyihangizni boshlashingiz qanchalik yaxshi istiqbolga ega ekanligini ko’rsatib berish uchun IT va texnologiyalar sohasidagi beshta eng muvaffaqiyatli startapni esga olamiz.

Facebook

Hamma «Ijtimoiy tarmoq» filmini ko’rgan va u orqali oddiy talaba hikoyasi haqida bilib olgan bo’lsa kerak? Bugungi kunda Facebook’ning bir milliarddan ortiq foydalanuvchilari bor. Ishoning, bizning akseleratorga keladigan startapchilarning 90 foizi ikkinchi Sukerberg bo’lish ishtiyoqida :)

Uber

2009-yilda San-Fransiskodagi kompaniya taksi qidirish, chaqirish va u uchun to’lovni amalga oshirishga mo’ljallangan mobil dastur yaratdi. Hozirda loyihadan tushadigan haftalik daromad 20 million dollardan oshadi. Ayni paytda Uber dunyo bo’yicha 55 000 dan ziyod haydovchini birlashtiradi va asta-sekinlik bilan odatiy formatdagi taksini siqib chiqarmoqda.

Airbnb

2007-yilda asos solingan uy ijarasi xizmati investorlar tomonidan 10 milliard dollarga baholanmoqda. Bir paytlar san-fransiskolik ikki yigit ijaraga olingan kvartira haqini to’lashga puli yetmay qolgach, istovchilarga arzimas to’lov evaziga tunash uchun joy berishga qaror qiladi. Ijara uchun turar-joy qidirish bo’yicha jahon tarmog’i shu tariqa yuzaga keldi.

Dropbox

U fayllar almashish uchun qulay va tezkor xizmatdir. Kompaniya 2007-yilda Massachusets Texnologiya instituti bitiruvchilari tomonidan yaratilgan. Loyiha g’oyasi fleshkasini doim uyda unutib qoldiradigan yigitga tegishlidir. Ayni paytda kompaniya 10 milliard dollarga baholanadi.

Snapchat

Xabarlar arvoh kabi bir paydo bo’lib, so’ng izsiz g’oyib bo’ladigan noodatiy messenjerni Stenford universiteti talabalari yaratdi. Google loyihani 4 milliard dollarga, Facebook esa 3 milliard dollarga sotib olishni taklif qilgan. Biroq Snapchat yaratuvchilari o’shanda takliflarni rad etib, mustaqillikni saqlab qolishga qaror qilgan.

E’tibor bering, startaplarning ko’pchiligi talabalar tomonidan yaratilgan. Bo’sh kelmang! :)

Keyingi maqolada O’zbekistonda qanday startaplarga ehtiyoj borligi haqida so’zlab beramiz.

Loyiha «Daryo» va StartupFactory.uz tomonidan ishga tushirilgan.

Manba:

Startup
Dunyodagi eng muvaffaqiyatli 5 ta startap