Dunyodagi eng katta tabiiy gul bog’i.
Dunyodagi eng katta tabiiy gul bog’i. So’nggi paytlarda sayyohlar tomonidan eng ko’p tashrif buyuriladigan joylardan biri Dubaydagi «Mo’jiza bog’i» hisoblanadi. Mazkur bog’ 2013 yil 14 fevralda «All Lovers» kuni munosabat bilan Birlashgan Arab Amirliklarining yirik shahri Dubayda ochildi. Sayyoradagi eng yirik gul bog’i deyarli 7 gektar maydonni egallagan. Qirq yil avval bu joy cho’l bo’lganligiga ishonish qiyin! Bu yerda o’simliklarning rang-barangligi ko’zni quvontiradi. Bog’dagi gullarning parvarishi Italiya, Amerika Qo’shma Shtatlari va boshqa mamlakatlarning eng yaxshi ustalariga topshirilgan. Bog’ning ulkan balandlikdagi chiroyli gul haykallar sayyohlarni o’ziga jalb qilib kelmoqda. U yerda Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan bir nechta haykallar mavjud. Bog’ har yili ma’lum muddat yopilib yangi gullar va dizaynlar yaratiladi, landshaftlar shakllantiriladi.Dunyodagi eng katta tabiiy gul bog’i.
DO`STLARGA ULASHING:
Dunyodagi eng katta tabiiy gul bog’i.