Dunyodagi eng katta favvora to’liq malumot oling
Dunyodagi eng katta favvora
The Palm Fountain favvorasi Dubayning Palma Jumayra orolidagi qirg‘oq hududida joylashgan. Birlashgan Arab Amirliklaridagi bu diqqatga sazovor joy 1,3 ming kvadrat metr maydonni egallab, Ginnesning rekordlar kitobiga tarixdagi eng katta favvora sifatida kiritilgan. Uning ochilish marosimi butun dunyo bo‘ylab jonli efirda namoyish etilgan edi. Favvora suvi 105 metr balandlikka qadar ko‘tariladi, inshoot 128ta kuchli nasos bilan jihozlangan.
«Bu favvora Dubayning me’moriy yutuqlaridagi yana bir muhim voqea bo‘ldi», — deya ta’kidlab o‘tdi Ginnesning rekordlar kitobi vakillari ochilish marosimida. 3000dan ziyod LED-chiroqlar bilan jihozlangan Dubaydagi yagona rangli favvora butun yil davomida tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi. Bu yerda har yarim soatda, soat 19:00dan yarim tungacha 3 daqiqa davom etadigan shoular namoyish etiladi.
Boshqa mavzular
Dunyodagi eng katta favvora