Dunyoda ilk bor robot texnologiyasi yordamida jigar transplantasiyasi o`tkazildi
AQSh jahon tibbiyot amaliyotida birinchi marta robot texnologiyasi yordamida jigar transplantasiyasi o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oltmish yoshli bemor gepatit C tufayli kelib chiqqan jigar sirrozi va saraton kasalligidan aziyat chekayotgandi.
Operasiyani deyarli to`liq robot-jarrohning o`zi uddaladi. Bosh xirurg esa “temir shifokor” ning harakatlarini yaqin atrofdagi konsoldan nazorat qilib turdi.
“Tranplantasiya muvaffaqiyatli o`tdi, — deydi jarayonga boshchilik qilgan mutaxassis doktor Odil Xon. — Muhimi, ko`chirib o`tkazilgan jigar darhol ishlay boshladi va bemor hech qanday asoratlarsiz dardidan xalos bo`ldi”.
Mazkur klinikada o`tgan qisqa davrda robot texnologiyasi yordamida 30 dan ortiq buyrak transplantasiyasi va o`t yo`llari, oshqozon osti bezi hamda oshqozon bilan bog`liq boshqa yuqori texnologik muolajalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Ammo ekspertlar “aqlli qurilma” tomonidan bajarilgan jigar ko`chirib o`tkazish amaliyotini muhim voqelik deb e`tirof etmoqda. Chunki an`anaviy usulda bu o`ta murakkab operasiyani bajarish uchun qorin bo`shlig`ida 10 va 40 santimetrlik ikkita kesma hosil qilinadi.
Robot texnologiyasi uchun esa 1,5 va 15 santimetrdan iborat kichik kesma etarli. Bu esa jarohatlarning tez bitishini ta`minlaydi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Dunyoda ilk bor robot texnologiyasi yordamida jigar transplantasiyasi o`tkazildi