Dunyo boʻylab 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan nomzodlar uchun Qatar universitetida barcha xarajatlari qoplanadigan bir yillik arab tili kursi

Dunyo boʻylab 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan nomzodlar uchun Qatar universitetida barcha xarajatlari qoplanadigan bir yillik arab tili kursi

Nomzodlar, dastlab, ushbu havola orqali berilgan ariza namunasini toʻldirishlari lozim.

Kursy.uz

“Lanex” o‘quv markazi Yevropa va Sharq tillarini o‘rganish kurslariga taklif etadi. landshaft dizayni va intеryеr, tasviriy san’at bo‘yicha o‘qitish.

Muloqot tеlеfoni +99871 241-11-23

Effekt Moliya Tavsiya etamiz

A.Temur ko’chasi 84-uy, “Qozog’iston” kinoteatrining o’ng tomonida, Toshkent

Hayotni sevasanmi, sevsang vaqtni boy berma. O’QISHGA MARHAMAT. “EFFEKT-MOLIYA” Barchani qo’yidagi qisqa muddatli kurslar va krujoklarga taklif qiladi. FARMASEVTIKA B’OLIMIDA O’QITISH. Farmatsevtika sohasida turli kasblar bo‘yicha o‘q .

Muloqot tеlеfoni +99871 235-10-36, +99898 124-10-36

LTS TRAINING

Qori-Niyozov ko‘chasi, 2-uy, 1-qavat, 1-korpus, Toshkent

LTS TRAINING kurslarichet tillarini o‘rganishni xohlovchi keng tinglovchilar doirasiga mo‘ljallangan.

Muloqot tеlеfoni 237-13-14, 237-09-32

MasterClass

Bratislava ko‘chasi, 11, Toshkent

Barmеnlar kurslarini O‘zbеkiston barmеnlari Uyushmasining prеzidеnti Rudolf Bеjanyan olib boradi.

Muloqot tеlеfoni 172-30-30, 254-57-81, 255-69-17

Miracle Academy – o’quv markazi

ARAB TILI O’z davrining kishisi bo’lish muhim o’zgarishlardan xabardor bo’lish bilan tengdir. So’nggi o’n yil ichida Yaqin Sharq o’z madaniyati va tarixining boyligi bilan barchani o’ziga jalb etib kelmoqda. Shu sababli, arab tilini o’rganish kundan-kung .

1 Filiali Manzili Oasis savdo markazi, 2-qavat, Farhod bozori qarshisida
2 Filiali Manzili “Miracle” binosi, 3-qavat. Mo’ljal “Rayhon” kafesi”

Premier

D-2 Husnobod mahalla markazi binosida, Supermarket “Gorod”, 6 qavat (kirish chap tarafdan), Toshkent

Premer o’quv markazi-bu arzon narxlarda sifatli o’qitish. Markazimizda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ta’lim olishingiz mumkin: – Xorijiy tillar Ingliz tili IELTS CERF Rus tili O’zbek tili Koreys tili Yapon tili, O’zbek tili Arab tili Tur .

Richmond Trust

Furqat ko‘chasi, 1 (6-qavat), Toshkent

Barcha mashg‘ulotlar mini-guruhlarda (5-6 nafardan ) yoki individual holda o‘tkaziladi.

Dunyo boʻylab 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan nomzodlar uchun Qatar universitetida barcha xarajatlari qoplanadigan bir yillik arab tili kursi

The Arabic for non-native speakers centre – Arab tili markazi ixtisoslashgan til markazi boʻlib, ona tili arab tili boʻlmagan xalqaro talabalarga bepul til kursini hamda ushbu kurs boʻyicha til sertifikatini taqdim etadi.

Ushbu dasturda dunyo boʻylab 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan nomzodlar ishtirok etishi mumkin.

Dasturga qabul qilingan nomzodlar bir yillik (2 semestrdan iborat) bepul arab tili kursini oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi.

Til kursi aralash jins vakillaridan iborat boʻlib, talab etilgan holatda, ayollar alohida fakultetlarda taʼlim olishi mumkin.

Nomzodlarning Qatarga borish-kelish, turar-joy, taomlanish hamda boshqa bir qator xarajatlari dastur tomonidan toʻliq qoplanadi va bundan tashqari yashash uchun har oy taxminan 140 AQSh dollari miqdorida stipendiya ham ajratiladi.

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Maqbullik shartlari

  • Nomzod eng kamida maktab bitiruvchisi boʻlishi kerak (Universitet bitiruvchilari uchun afzallik mavjud);
  • Ishtirokchilar 18-40 yosh oraligʻida boʻlishi lozim;
  • Oldin ushbu stipendiya bilan taqdirlanmagan boʻlishi lozim;
  • Arab tili boʻyicha qisqacha bilimga ega boʻlgan nomzodlar uchun ustunlik beriladi (Arab alifbosini bilish, yozish hamda oʻqiy olish kabilar);
  • Qatnashchilar arab yoki ingliz tilidan birida muloqot qila olishlari kerak;
  • Darslarning 25%idan koʻpini sababsiz qoldirgan ishtirokchilarning stipendiyasi bekor qilinadi va nomzod oʻz mamlakatiga ketish xarajatlarini oʻzi qoplaydi;
  • Qatnashchilar til kursi boshlanishidan 2 hafta oldin Qatarga yetib kelishlari kerak;
  • Nomzod qoʻlga kiritgan stipendiyasini keyingi yil uchun kechiktira olmaydi. Keyingi yil qayta topshirishi mumkin;
  • Talaba Qatardagi biror bir xayriya agentligidan yoki tashkilotdan moddiy yordam olishi mumkin emas. Ushbu qoidani buzgan talaba markazdan chetlashtiriladi.

Eslatma: Barcha ariza beruvchilar qaytarib berilmaydigan ariza toʻlovini toʻlashlari lozim. Ushbu toʻlovni toʻlamagan taqdirda, nomzodning arizasi koʻrib chiqilmaydi. Toʻlov onlayn ariza topshirish boʻlimidan Visa yoki Master Cards orqali toʻlanishi mumkin.

Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Foydali tomonlari

  • Oyiga 500 Qatar riyali beriladi (taxminan $140);
  • Qatarga borish-kelish xarajatlari qoplanadi;
  • Universitet yotoqxonasidan turar-joy ajratiladi (har bir xonaga 2 ta talaba);
  • Bepul kitoblar taqdim etiladi;
  • Viza toʻlovlari qoplanadi;
  • Viza hamda Qatarda yashash boʻyicha ruxsatnoma beriladi;
  • Dasturga qabul qilingan nomzodlar ushbu til kursini bepul oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Ushbu stipendiya, shuningdek, bir kunda uch mahal taom, kir yuvish xizmati, simsiz Internet, oʻyin xonasiga kirish, kutubxona, kompyuter xonasi, sport va suzish zalidan foydalanish kabi imtiyozlarni oʻz ichiga oladi.

Dastur imtiyozli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Hujjat topshirish

Nomzodlar, dastlab, ushbu havola orqali berilgan ariza namunasini toʻldirishlari lozim.

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • Pasport nusxasi. Ushbu nusxa nomzodning fotosurati va maʼlumotlari hamda pasportning amal qilish muddatini oʻz ichiga olishi lozim;
  • Maktabni bitirganlik haqida guvohnoma yoki universitet diplomi;
  • Eng soʻngi tamomlangan taʼlim darajasidan baholar tarjimasi. Hozirda oʻqishi davom etayotgan talabalarning baholari qabul qilinmaydi. Baholar tarjimasi ingliz yoki arab tilida boʻlishi lozim;
  • CV/Resume. CV nomzodning shaxsiy va akademik maʼlumotlari, aloqa uchun kontakt manzillari, telefon raqami hamda email manzilini oʻz ichiga olishi kerak;
  • Tavsiyanoma. Ushbu hujjat nomzodni yaxshi tanuvchi biror kishi (masalan, universitet professori) yoki diniy/taʼlimiy tashkilot tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma xati ushbu dasturga topshirilgan vaqtda soʻngi bir oy ichida yozilishi kerak;
  • Pasport hajmida shaxsiy rasm (1 nusxada).

Eslatma: Pasportdan tashqari barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi va 5 MBdan oshmagan holda PDF, JPEG, GIF, BMP yoki TIFF formatlarida boʻlishi lozim.

Bundan tashqari, Qatar universiteti kerak boʻlgan taqdirda qoʻshimcha sertifikat hamda guvohnomalarni soʻrash huquqiga ega.

Dasturga qabul qilingan nomzodlar ushbu hujjatlarning asl nusxasini universitetning Xalqaro boʻlimiga ushbu havola orqali berilgan manzilga pochta orqali yuborishlari soʻraladi.

Qoʻshimcha maʻlumotlar

Qabul qilingan nomzodlarga e-maildan xabar joʻnatiladi. Dastlabki qabul natijalari 2023-yil 8-mayda eʼlon qilinadi.

Darslar 2023-yilning avgust oyidan boshlanadi.

Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar uchun: info@notjustmadinah.com yoki ushbu havola orqali berilgan manzillardan birida qoldirish mumkin.

Qiziqarli malumotlar
Dunyo boʻylab 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan nomzodlar uchun Qatar universitetida barcha xarajatlari qoplanadigan bir yillik arab tili kursi