DUNIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUNIT haqida malumot bilib oling.

DUNIT (Yangi Zelandiyadagi Dun togʻi nomidan) — uta asosli intruziv tog jinsi. Asosan olivindan (85— 100%) iborat. Qoʻshimchalari xromit va magnetit. Rangi qora, toʻq va och yashil. Dunit bor joyda platina, nikel, kobalt, xrom, talk, xrizotil-asbest konlari uchraydi. Dunit odatda qisman serpentinlashgan boʻladi. Oʻzbekistonda Tomdi togʻlarining shim.-gʻarbida kichik linzasimon shaklda topilgan. RF (Ural, Baykalboʻyi), Armaniston va b. joylarda uchraydi. Dunitdan oʻtga chidamli materiallar tayyorlanadi.

Ensiklopediya.uz
DUNIT