DUNAYEVSKIY Isaak Osipovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUNAYEVSKIY Isaak Osipovich haqida malumot bilib oling.

DUNAYEVSKIY Isaak Osipovich [ 1900.18(30). 1, Loxvitsa, hoz. Poltava viloyati — 1955.25.7, Moskva] — kompozitor, dirijyor, Rossiya xalq artisti (1950). Zamona-viy rus operetta hamda musiqali kinokomediya asoschilaridan, qoʻshiq janrining yirik ustasi. 12 ta operetta, 3 balet, kantatalar, dramatik spektakllarga musiqalar yozgan. Ayniqsa, «Quvnoq yigit-qizlar», «Darvozabon», «Sirk», «Kapitan Grant bolalari», «Boy kelin», «Volga-Volga», «Kuban kazaklari» kabi filmlar uchun yaratgan, simfonizm bilan yoʻgʻrilgan musiqalari va qoʻshiqlari ommaviylashgan. Ijodiy uslubi kuychanlik va xatto garmoniyalari ohangdorligi, xilma-xilligi, jaz ritmlaridan unumli foydalanilganligi bilan ajralib turadi. Ommabop qoʻshiq janrining yangi turlarini kashf etgan: qoʻshiq — marshSport marshi», «Entuziastlar marshi», «Quvnoq sha-mol haqida qoʻshiq» va b.), qoʻshiq — valsMaktab valsi», «Vals kechasi») va b. D. ga bagʻishlangan «Dunayevskiy ohanglari» nomli film ishlangan (1963). Oʻgʻli Maksim Dunayevskiy (1945, Moskva) — otasi anʼanalari davomchisi, «Yemelyaning baxti» (1975), «Kapitan Grant bolalari» (1987) kabi myuzikllar, 30 dan ortik, filmlar («Xayr, Meri Poppinz», «Uch mushketyor» va b.)ga esda qolarli musiqalar yaratgan.

Ensiklopediya.uz
DUNAYEVSKIY Isaak Osipovich