
DUN-XU haqida malumot bilib oling.
DUN-XU («Sharqiy xu») — qadimda Sharqiy Moʻgʻuliston va Jan. Manjuriyada yashagan qabilalar guruhining xitoycha nomi. Mil. av. 3-a. oxirida xunlar tomonidan tor-mor etilgan. D.-x. larning qolgan-qutganlari keyinchalik uxuanlar va syanbi nomi bilan mashhur boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
DUN-XU