DUMPER haqida malumot bilib oling.
DUMPER (ing. dump — agʻdarmoq) — sochiluvchan yuk (qum, shagʻal va b.) larni yaqin (2 km gacha) masofaga tashish uchun moʻljallangan ixcham oʻziagʻdarar mashina. Chaqqonligi, ish unumdorligi yuqoriligi, yukni tez ortish va boʻshatish imkoni borligi, qayrilib olishi shart emasligi (ikkala yoʻnalishda ham bir xil tezlikda harakatlana olishi) bilan oddiy (katta) oʻziagʻdarar mashinalardan farq qiladi. Dumper kuzovi haydovchi oʻrindigʻining oldida joylashgan, haydovchining oʻrindigʻi buriladigan qilib yasalgan, boshqarish qurilmalari Dumperni orqaga ham haydashga imkon beradigan qilib tuzilgan. Dumper qurilishda, sanoat korxonalarida, aeroport va vokzallarda ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
DUMPER