DUKENTSOY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUKENTSOY haqida malumot bilib oling.

DUKENTSOYToshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Ohangaron daryosining oʻng irmogʻi. Chatqol tizmasidagi Muzbel dovonining jan. yonbagʻirlaridan oqib tushuvchi 60 dan ziyod irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Yuqori oqimida (chap irmogʻi — Chiltonsoy quyiladigan joygacha) Olatangi, soʻng Dukentsoy deb ataladi. Uz. 33 km, havzasining mayd. 242 km2. D. qoryomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi, oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 3,41 m3/ sek, oʻrtacha loyqaligi 120 g/m3. D. yillik oqimining 70—80% mart—iyunda oqib oʻtadi. Yozning 2-yarmi, kuz oylarida esa suvi 0,30 m3/sek gacha kamayadi. Dukentsoydan apr.-mayda koʻpincha sel keladi, suv sarfi sekundiga 56 m3 gacha ortadi. Qishda koʻpincha muzlaydi.

Ensiklopediya.uz
DUKENTSOY