DUDUQLANISH haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUDUQLANISH haqida malumot bilib oling.

DUDUQLANISH — tutilib gapirish; nutq maromining buzilishi, harf va boʻgʻinlarni tutilib-tutilib yoki bir necha marta qaytarib talaffuz qilish. Koʻproq bolalarda uchraydi. Tugʻma irsiy omillar (alkogolizm, giyohvandlik), koʻpincha qoʻrqish, hayajonlanish (kamdan-kam hollarda taklid qilish), homiladorlik davridagi turli zararli illatlarning homila jismiga taʼsiri, baʼzan goʻdaklikda endi nutq shakllanayotganda ruhiy kasalliklar bilan ogʻrish, bosh miya shikastlari va b. kasalliklar sabab boʻladi. Ayrim hollarda duduq bolaning beixtiyor qoʻl, oyoqlari qimirlab, yuz muskullari uchib turadi. Duduqlar uyalganda, hayajonlanganda koʻproq tutilib qoladi. Oʻz vaq-tida toʻgʻri davo qilinmasa, bola maktabga borganida Duduqlanish yanada kuchayadi, ayniqsa, oʻsmirlar Duduqlanishdan uyalib, kam gapirishga, oʻz fikrlarini bosh va qoʻl harakati bilan tushuntirishga intilishadi. Duduqlanish yosh ulgʻaygan sari kamayib boradi, baʼzan Duduqlanish umrbod saqlanib qoladi (yana q. Logopediya).

Ensiklopediya.uz
Duduqlanish