DUBROVNIK RESPUBLIKASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUBROVNIK RESPUBLIKASI haqida malumot bilib oling.

DUBROVNIK RESPUBLIKASI — oʻrta asrlarda muhim rol oʻynagan aristokratik shahar respublikasi. Adriatika dengiz sohilida joylashgan. Dubrovnik sh. (respublika markazi) ni, Dalmatsiyaning sohil boʻyi qismini, Mlet, Lastovo o. lari va b. ni oʻz ichiga olgan. Dubrovnik respublikasi Vizantiya (1205-y. gacha), Venetsiya (1358-y. gacha), Vengriya (1526-y. gacha), Turkiya (19-a. boshlarigacha)ning vassali boʻlsada, amalda 13-a. ning 2-yarmidan mustaqil boʻlgan. 1806-y. da Dubrovnik respublikasini Fransiya bosib olib, respublikani bekor qilgan (1808-y.), hududini Illirii viloyatlari tarkibiga kiritgan.

Ensiklopediya.uz
DUBROVNIK RESPUBLIKASI