DUALA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DUALA haqida malumot bilib oling.

DUALAKamerun gʻarbidagi shahar, Vuri daryosi boʻyida, Gvineya qoʻltigʻidan 21 km ichkarida. Sohilboʻyi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 884 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Muhim savdo, sanoat, siyosiy va madaniy markaz. Mamlakatdagi eng katta okean porti, transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Duala orqali chetga yogʻoch, kakao, kofe, palma yongʻogʻi va moyi, paxta, alyuminiy chiqariladi. Kemasozlik, metallsozlik, yogʻochsozlik, oziq-ovqat, toʻqimachilik, kimyo sanoati, poyabzal korxonalari, oyna z-di mavjud. Koʻplab savdo firmalari va banklar, Panafrika rivojlanish in-ti bor.

Ensiklopediya.uz
DUALA