DSP qanday kasallik?
Mundarija [Yopish] avitsenna.uz/bolalar-serebral-falaji-dsp-qanday-kasallik/DSP qanday kasallik?
DO`STLARGA ULASHING:
Bolalar serebral falaji (DSP) qanday kasallik?
Bolalar serebral falaji (DSP) – perinatal davrda bosh miyaning turli xil strukturalarida boʻladigan oʻzgarishlar natijasida kelib chiqadigan harakat doirasidagi patologiyalar bilan kechadigan umumiy tushunchadir. Bolalar serebral paralichi mono-, gemi-, para-, tetraparalich va parezlar, mushak tonusidagi patologiyalar, giperkinez, nutqdagi kamchiliklar, harakat koordinatsiyasi buzilishi, bolaning motorik va ruhiy jihatdan rivojlanishdan ortda qolishi bilan kechadi.BSF (DSP) da aqliy zaiflik, psixologik oʻzgarishlar, epilepsiya, eshituv va koʻrish qobiliyatidagi oʻzgarishlar ham rivojlanishi mumkin. Kasallik anamnez va klinik belgilarga asoslangan holda tashxislanadi. DSP bilan kasallangan bolalar butun umri davomida realibitatsion markazlarda davolanishlari, medikomentoz muolajalar olishi, talab etilsa, jarrohlik amaliyoti bajarilishi lozim boʻladi.
Butun jahon miqyosida DSP kasalligi har 1000 ta bolaning 1,7-7 tasida kuzatiladi. Chala tugʻilgan bolalarda bu koʻrsatkich 10 barobar yuqori boʻladi. Soʻngi izlanishlarda chala tugʻilgan bolalarning 40-50 % ida ushbu patologiya kuzatilishi oʻrganilgan.Pediatriya sohasida bolalar serebral falaji kasalligi yetakchi muammolar qatorida turadi. Bunga sabab ekologiyaning yomonlashuvi, neonatologiya sohasining rivojlanishi, chala tugʻilgan bolalarning yashab qolishi (hatto 500 gr tugʻilgan bolalar ham yashab qolishmoqda) kasallikning keng tarqalishi va dolzarb mavzu ekanligini anglatadi.
Bolalar serebral falaji sabablariHozirgi kunda DSP rivojlanishi sababi sifatida bosh miyaning turli xil omillar taʼsirida zararlanishi, miyaning maʼlum bir sohalarida nerv hujayralarining notoʻgʻri shakllanishi yoki nobud boʻlishini keltirish mumkin. Ushbu omillarning taʼsiri perinatal davrda yoki bola dunyoga kelganidan soʻng qisqa muddatlarda (4 haftagacha) taʼsir etishi kasallik rivojlanish ehtimolini oshirib yuboradi. DSP rivojlanishining eng asosiy omili – bu gipoksiyadir. Gipoksiya taʼsirida bosh miyaning aynan harakat va koordinatsiyaga javob beradigan markazlari birinchilardan boʻlib zararlanadi. Buning natijasida bolalarda DSP belgilari – mushak tonuslari patologiyasi, parez va paralichlar paydo boʻladi.Homiladorlik vaqtida DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar quyidagilar:
Tugʻruq vaqtida bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar:
Tugʻruqdan keyin bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar:
Bolalarda DSP klassifikatsiyasiBosh miya strukturasi zararlanish sohasiga qarab bolalar nevrologiyasida DSPning 5 turi farqlanadi. Ular orasida eng keng tarqalgani spastik diplegiyadir. Bunday holat barcha DSPlarning 40-80 % ini tashkil etadi.
Bosh miyaning harakat markazlari zararlanadi, natijada oyoqlarda parezlar kelib chiqadi. Bosh miyaning faqatgina bir yarimsharida zararlanish roʻy beradigan boʻlsa, harakat buzilishi tananing qarama qarshi tomonida yuzaga chiqadi.Bolalar serebral falajining koʻpgina holatlarida poʻstloq osti markazlari buzilishi bilan bogʻliq giperkinetik shakli uchraydi. Kasallik klinikasida ixtiyorsiz harakatlar – giperkinezlar namoyon boʻladi va bunday holat bola hayajonlanganda, qoʻrqqanda yaqqol yuzaga chiqadi. Miyachaning zararlanishi natijasida atonik-astatik bolalar serebral falaji shakllanadi. Kasallik belgilari statika va koordinatsiya, mushaklar atoniyasi koʻrinishida namoyon boʻladi.DSPning eng ogʻir koʻrinishi ikki tomonlama gemiplegiyadir. Bunda bosh miya yarimsharlarining ikki tomonlama zararlanishi roʻy beradi. Bolalar mushaklari rigidligi hisobiga nafaqat yurish, tik oyoqda turish hatto mustaqil ravishda boshlarini ham tutishga qiynaladilar.
Foto: Doc.byBolalar serebral falaji belgilariBolalar serebral falaji turli xil koʻrinishda va turlicha ogʻirlik darajasida kechadi. Kasallikning klinik belgilari bosh miya strukturasining zararlangan sohasi va chuqurlik darajasiga bogʻliq boʻladi. Baʼzida bolalar serebral falaji belgilari bola dunyoga kelishi bilan yuzaga chiqadi. Koʻpincha kasallik bir necha oy oʻtgach pediatr koʻrigida bolaning jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi bilan aniqlanadi. DSPning asosiy klinik belgisi bolalarning harakat doirasidagi yangi harakatlarni bajara olmasligi va yangi qobiliyatlarni oʻzlashtira olmasligidir. Serebral falaj kuzatiladigan bola boshini uzoq muddat tutib tura olmaydi, oʻyinchoqlar uni qiziqtirmaydi, boshini bura olmaydi, qoʻl va oyoqlarini erkin harakatlantira olmaydi, oʻyinchoqlarni ushlay olmaydi. Bolani qoʻlga olib oyoqlarini yerga tirasa oyoq kafti bilan toʻliq turmaydi, oyoqlarining uchigina yerga tegib turadi.DSP bir tomonlama yoki ikki tomonlama parezlar bilan namoyon boʻlishi mumkin. Agar gapirish markazi zararlangan boʻlsa bolada nutq buzilishi belgilari (dizartriya) kuzatiladi. Yutqin va hiqildoq faoliyatini boshqaradigan markazlar zararlanadigan boʻlsa yutinish bilan bogʻliq muammolar (disfagiya) yuzaga chiqadi. DSPning barcha koʻrinishlarida mushaklar tonusi oshib ketadi. Oyoq-qoʻllarda harakat chegaralanadi, boʻgʻimlarda harakat yoʻqoladi, natijada oyoq qoʻllar mushaklari atrofiyaga uchraydi va ular tanaga nisbatan nomutanosib holatga keladi. Bolalar serebral falaji bilan kasallangan bemorlarda oʻziga xos tana tuzilishidagi deformatsiyalar (skolioz, koʻkrak qafasi deformatsiyalari) yuzaga chiqadi. Motorika buzilishi va skelet deformatsiyalari bolalarda surunkali ogʻriq sindromiga sabab boʻladi. Ogʻriq boʻyin, yelka, belda paydo boʻladi.Giperkinetik shakldagi bolalar serebral falaji toʻsatdan yuzaga chiquvchi belgilar: boshning qayta qayta bir tomonga burilishi, yuzda kirmasa, koʻrinishida boʻlishi, qaltirash, bir xil harakatni takrorlash kabilar namoyon boʻladi.Atonik-astatik DSP da esa yurish vaqtida muvozanatni saqlay olmaslik, mushaklarning kuchsizligi, yiqilib tushish va tremor holatlari kuzatiladi.Bolalar serebral falajida yuqoridagi belgilardan tashqari gʻilaylik, oshqozon-ichak tizimidagi oʻzgarishlar, nafas olish bilan bogʻliq muammolar, peshob tuta olmaslik kabi patologiyalar ham qoʻshilishi mumkin. Tahminan 20-40 % DSP epilepsiyalar bilan kechadi. 60 %ga yaqin DSP bolalarda koʻrish qobiliyati bilan bogʻliq muammolar mavjud. Karlik yoki eshitish qobiliyatining pasayishi ham ayrim bemorlarda uchrab turadi. Aqliy jihatdan bolalarda rivojlanishdan ortda qolish, qabul qilish va diqqatni bir joyga jamlash, oʻqishda kamchiliklar va xulq atvordagi noodatiy holatlar yaqqol namoyon boʻlishi ham mumkin.DSP kasalligi surunkali boʻlishiga qaramay kasallik kuchayib bormaydi, aksincha bola oʻsib rivojlanishi bilan sekin asta belgilar kamayib boradi. Bemorlar ikkilamchi kasalliklar natijasida qiynalishlari mumkin, masalan: epilepsiya, insult, bosh miyaga qon quyilishi yoki juda oʻgir kechuvchi somatik kasalliklar.DSP diagnostikasiBolalar serebral falajini tashxislashda aniq bir kriteriyalar mavjud emas. Ammo, bola dunyoga kelishi bilan ayrim koʻrsatkichlar bolada DSP rivojlanish ehtimoli borligidan darak beradi, ularga: Agar shkalasi boʻyicha bal pastligi, harakat doirasidagi anomaliyalar, mushaklar tonusi buzilishi, bolaning jismoniy va ruhiy rivojlanishdan ortda qolishi kabilarni kirgizish mumkin. Shu kabi holatlar bolada aniqlanadigan boʻlsa bolalar nevrologi koʻrigidan oʻtishi va bir qator tekshiruvlar olib borilishi kerak boʻladi. Tekshiruvlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Bolalar serebral falajida yuqoridagi belgilardan tashqari gʻilaylik, oshqozon-ichak tizimidagi oʻzgarishlar, nafas olish bilan bogʻliq muammolar, peshob tuta olmaslik kabi patologiyalar ham qoʻshilishi mumkin. Tahminan 20-40 % DSP epilepsiyalar bilan kechadi. 60 %ga yaqin DSP bolalarda koʻrish qobiliyati bilan bogʻliq muammolar mavjud. Karlik yoki eshitish qobiliyatining pasayishi ham ayrim bemorlarda uchrab turadi. Aqliy jihatdan bolalarda rivojlanishdan ortda qolish, qabul qilish va diqqatni bir joyga jamlash, oʻqishda kamchiliklar va xulq atvordagi noodatiy holatlar yaqqol namoyon boʻlishi ham mumkin.DSP kasalligi surunkali boʻlishiga qaramay kasallik kuchayib bormaydi, aksincha bola oʻsib rivojlanishi bilan sekin asta belgilar kamayib boradi. Bemorlar ikkilamchi kasalliklar natijasida qiynalishlari mumkin, masalan: epilepsiya, insult, bosh miyaga qon quyilishi yoki juda oʻgir kechuvchi somatik kasalliklar.Bu tekshiruvlar yordamida DSP kasalligini bola dunyoga kelishi bilan 1 yil ichida yuzaga chiqadigan ayrim nasliy kasalliklardan farqlab olish imkoniyati mavjud boʻladi (tugʻma miopatiya, Fredreyx ataksiyasi, Lui-Bar sindromi va boshqalar). Bolalar serebral falaji kasalligi diagnostikasini qoʻyishda bolalar ofalmologi, otolaringologi, epileptologi, ortopedi, logoped va psixiatr koʻrigi zarur hisoblanadi.Bolalar serebral falaji realibitatsion davosiAfsuski, hozirgi kunda bolalar serebral falaji davosi topilmagan kasalliklar qatoriga kiradi. Ammo, oʻz vaqtida boshlangan davo muolajalari taʼsirida bolalar ruhiy jihatdan ham jismoniy jihatdan oʻz tengdoshlariga yetib olishga erishish mumkin. Realibitatsion muolajalar yordamida bolalarda skelet deformatsiyalari, boʻgʻimlarda harakat cheklanishi hamda bolakaylarning oʻz oʻzlarini mustaqil boshqara olish darajasigacha erishish mumkin. Barcha muolajalar bola 8 yoshga kirguniga qadar olib borilgani maqsadga muvofiqdir. DSP davo programmasi har bir bola uchun alohida tuzib chiqiladi. Bunda bosh miyaning zararlanish darajasi, sohasi, boladagi qoʻshimcha belgilari, uning koʻrish, eshitish qobilyati, aqliy-ruhiy holatlari inobatga olinadi. DSP bilan kasallangan bolalar muolajasida qiyinchilik tugʻdiradigan holat – bolalardagi karlik va koʻzi ojizlikdir.
DSP qanday kasallik?