DROZDOVA Galina Vladimirovna haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DROZDOVA Galina Vladimirovna haqida malumot bilib oling.

DROZDOVA Galina Vladimirovna (1955.13.1, Toshkent) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Toshkent ped. in-tini tugatgan (1988). 1976-y. dan Toshkent sh. dagi 3-kechki, 151-maktabda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi, 1979-y. dan Oʻzbekiston Maorif vazirligida mehnat taʼlimi va kasbga yoʻnaltirish boʻyicha katta metodist, 1982-y. dan Hamza tumanidagi 103-internat maktabda oʻqituvchi-defektolog. U darslarda tikish-bichishdan nazariy bilimlar berish bilan birga, olingan bilimlarni amalda qoʻllashga oʻrgatadi. Noanʼanaviy hamda ijodiy dars shakllaridan unumli foydalanadi. Yordamchi maktablarning 4—9sinflari uchun «Mehnat taʼlimi» dasturi muallifi.

Ensiklopediya.uz
DROZDOVA Galina Vladimirovna