DROBOV Vasiliy Petrovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DROBOV Vasiliy Petrovich haqida malumot bilib oling.

DROBOV Vasiliy Petrovich (1885.30.7 — 1956.27.8, Toshkent) — botanik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1945), biol. fanlari nomzodi (1938), prof. (1920), 1918-y. da Oʻrta Osiyo un-tini tashkil etishda qatnashgan. Un-t (1920—30) va Toshkent q. x. in-ti botanika kafedrasining mudiri (1930—56). Oʻrta Osiyo boʻylab oʻtkazilgan koʻp ekspeditsiyalarda qat-nashgan. Oʻrta Osiyo, ayniqsa, Oʻzbekiston qumloklari, qum va toʻqay oʻsimliklarining genezisini va dinamikasini aniqlagan. 82 yangi oʻsimlik turini topgan. «Oʻzbekistan florasi»ni tuzishda ishtirok etgan.

Ensiklopediya.uz
DROBOV Vasiliy Petrovich