DRIOPITEKLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DRIOPITEKLAR haqida malumot bilib oling.

DRIOPITEKLAR (Dryopithecinae) — qirilib ketgan odamsimon maymunlar kenja oilasi. Driopiteklarning skelet qoldiqlari (asosan tishlari, jagʻlarining siniqlari, baʼzan bosh suyagi va qoʻloyoqlar skeleti) miotsen va ilk pliotsen yotqiziqlaridan Gʻarbiy Yevropa, Jan. Osiyo va Sharqiy Afrikada topilgan. Ayrim Driopiteklarda gorilla va shimpanzenikiga oʻxshash belgilar paydo boʻla boshlagan. Koʻpchilik olimlarning fikricha, Driopiteklar kam ixtisoslashgan chala maymunlar hisoblanadi. Ularga hoz. Afrika odamsimon may-munlari sifatida qarash mumkin. Ular orasida qoldiqlari Oʻrta dengiz choʻkindilari (Avstriya)da topilgan darvin driopitegi (Dryopithecus darvini) boshqalariga nisbatan odamga eng yaqin turadi.

Ensiklopediya.uz
DRIOPITEKLAR