DREZDEN KARTINALAR GALEREYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DREZDEN KARTINALAR GALEREYASI haqida malumot bilib oling.

DREZDEN KARTINALAR GALEREYASI — rangtasvir asarlari toʻplangan jahonning yirik muzeylaridan. Drezden sh. (Germaniya)da. 1560-y. da saroy toʻplami tarzida asos solingan. 1722-y. da kengaytirilib, omma uchun ochilgan, maxsus qurilgan (1847—56) binoda joylashgan. 2-jahon urushi davrida muzey binosi vayron boʻlgan, sanʼat asarlarining bir qismi shikastlangan. 1956-y. da muzey qayta tiklangan binosida ishga tushiriddi. Drezden kartinalar galereyasida nodir sanʼat asarlarining asl nusxalari, keksa sanʼatkorlardan Ya. van Eyk, Jorjone, Rafael, Titsian, Korrejo, Veroneze, A. Dyurer, P. P. Rubens, Rembrandt, D. Velaskes, N. Pussen va b., 19—20-a. lardagi badiiy maktablar namoyandalari asarlari va b. nodir badiiy buyumlar sakdanadi.

Ensiklopediya.uz
DREZDEN KARTINALAR GALEREYASI