DRENAJ OQIMI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
DRENAJ OQIMI haqida malumot bilib oling.

DRENAJ OQIMI — muayyan vaqt davomida melioratsiyalanadigan maydondan kollektor-drenaj tarmogʻi (yoki uning qismlari) orqali chiqarib yuboriladigan suv hajmi (yoki sarfi); l/s, m3/s, m3/ ga bilan (oy, yil va b. uchun) ifodalanadi. Drenaj oqimi miqdori gruntning suv oʻtkazish imkoniyati, maydonni drenajlash darajasi, kollektor-drenaj tarmogʻi chuqurligi, grunt suvlarining toʻyinish sharoiti, drenaj: oqimi moduli mikdori va b. omillarga bogʻliq. Sugʻorma dehqonchilik zonalari uchun yerlarning qulay meliorativ holatini taʼminlovchi Drenaj oqimi miqdori sugorishga berilgan suvning 15—35% ini yoki yiliga 1,5—10,0 m3/ga ni tashkil etadi (q. Yerlarning meliorativ holati). Drenajni loyihalashda Drenaj oqimi turli usullar bilan anikla-nadi. Oʻrtacha yillik va oʻrtacha oylik Drenaj oqimi miqdori suv balansi hisoblari asosida topiladi. Ishlab turgan kollektor-drenaj tarmogʻi tizimlarida Drenaj oqimi gidrometrik postlarda suv sarfini oʻlchab yoki oqim moduli miqdorini topish maqsadida uning ayrim elementlari ishini oʻrganish yoʻli b-n aniqlanadi.

Ensiklopediya.uz
DRENAJ OQIMI